122
77- rasm.
Seca 709
rusumli mexanik tarozi.
Laboratoriya tarozilari.
Laboratoriya tarozilari quyidagi guruhlarga
ajratiladi: 1) analitik guruhdagi tarozilar; 2) umumlaboratoriyaviy
yoki texnik
tarozilar; 3) maxsus tarozilar.
Analitik guruhdagi tarozilar o‘z navbatida analitik, yarimmikroanalitik,
mikroanalitik, ultramikroanalitik tarozilarga ajratiladi.
XX asrning ikkinchi yarmi boshlariga kelib ikki pallali tarozilar o‘rnini uch
prizmali shayinga ega tinchlantirgichzis tarozilar egallay boshladi. Keyinchalik
ularning o‘rnini tengyelkali tinchlantirgichli, o‘lchash
natijasini ifodalovchi
shkalali tarozilar egalladi (78-rasm). Bu tarozilarda tortish vaqti 1-3 minutni
tashkil etadi.
XX asrning 60-yillariga kelib ikki prizmali, bir yelkali yoki bir pallali
tarozilar paydo bo‘ldi(79-rasm). Ushbu tarozilarda tortish uchun ketadiga vaqt 60
sek atrofida.
123
78-rasm. Teng yelkali uch prizmali analitik guruhdagi laboratoriya tarozisi: 1- tarozi shayini; 2-
tinchlantirgich; 3-ko‘rsatish mexanizmi tutqichi; 4-shkalai ekran; 5- tarozi pallasi; 6-ustun; 7-
arretir-izolir dastasi.
79-rasm. Bir yelkali ikki prizmali analitik guruhdagi laboratoriya tarozisi:
1-tarozi shayini; 2-posangi; 3-tinchlantirgich; 4-shkala; 5-traversa; 6-toshlar; 7-ilgak; 8-yuk
qo‘yiladigan palla; 9,10 – tayanch va yuk qabul qiluvchi prizmalar va yostiqchalar; 11-ustun; 12-
arretir-izolir dastasi.
Teng yelkali tarozi shayini o‘rniga ikki prizmali richagh – kvadrant
qo‘llanilgan tarozilar yaratildi (80-rasm). Bunda tortiladigan yukning og‘irlik
kuchi ta’sirida muvozanat holatining dastlabki vaziyatga nisbatan o‘zgarishi
tenglashtiruvchi kuchni keltirib chiqaradi. Ushbu tarozilarda
proeksion shkala va
optik nonius qo‘llanilgan. Asbobni noto‘g‘ri o‘rnatishdagi ta’sirlarni kamaytirish
maqsadida optik tizimli qurilma yordamchi richag-mayatnikka o‘rnatilgan.
124
Tarozida richag va shayin tebranishlarini davomiyligini kamaytirish uchun
maxsus magnit tinchlantirgich ekran o‘rnatilgan.
Tortiluvchi yuk kuchlanishi bir tomoni ustunga va ikkinchi tomoni tarozi
asosiga mahkamlangan prujina bilan kompensatsiyalanadi.
80-rasm. Proyeksion shkalali kvadrant tarozi: a – umumiy ko‘rinishi; b – sxemasi: 1-
tarozi pallasi; 2-kvadrant-posangi; 3-og‘ish burchagi proyeksion shkala yordamida aniqlanadigan
richag; 4-proyeksion shkala; 5-yorug‘lik huri dastasi; 6-shkala tasvirini ekranga chiqaruvchi
qurilma.
Fan-texnikaning yutuqlari asosida zamonaviy
avtomatik boshqariladigan
electron tizimli tarozilar yaratildi. Bu tarozilarda o‘lchash qismining boshlang‘ich
holatdan og‘ishi natijasida datchik elementlarining o‘zaro joylashish holatlari
o‘zgaradi va natijada elktron blokda signal hosil bo‘ladi, bu signal og‘ish kattaligi
va yo‘nalishi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Signal kuchaytiriladi va
o‘zgartirirlib kuch o‘yg‘otuvchi g‘altakka uzatiladi. G‘altak tarozi asosiga
mahkamlangan va o‘lchash qismidagi doimiy magnit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Kuch o‘yg‘otuvchi g‘altakdagi hosil bo‘lgan tok mos
ravishda massa birliklarida
gradiurovkalangan raqamli mikropermetr yordamida o‘lchanadi. 81-rasmda
elektron laboratoriya tarozisining sxemasi, 82-rasmda esa umumiy ko‘rinishi
keltirilgan.
125
81-rasm. Elektronlaboratoriya tarozisining prinsipial sxemasi: 1-datchik; 2-o‘zak; 3-datchik
g‘altagi; 4-kuch o‘yg‘otuvchi; 5-kuch o‘yg‘otuvchi g‘altagi; 6-doimiy magnet; 7-sterjen; 8-yuk
qo‘yiladigan palla; 9-elektron blok; 10-tok manbai; 11-raqamli hisoblash qurilmasi.
82-rasm. Sartorius TE313S rusumli elektron laboratoriya tarozisi.
Dostları ilə paylaş: