118
Ancha keng tarqalgan richagli tarozilarning ishlash
prinsipi richaglarning
muvozanat qonuniga asoslangan. Richagning tayanch nuqtasi markazda (tang
yelkali richaglarda) yoki markazga nisbatan siljigan holatda (bir yelkali va
yelkalari teng bo‘lmagan richaglarda) bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina richagli tarozilar
turli xildagi richaglarning uyg‘unlashuvidan tashkil topgan. Richag tayanchi
sifatida odatda prizma va maxsus po‘latdan yoki qattiq toshlar (agat, korund) dan
tayyorlangan yostiqchalar xizmat qiladi. Teng yelkali richagli tarozilarda
tortiluvchi yuk massasi tarozi toshlari massasi bilan tenglashtiriladi. 70-rasmda
teng yelkali richagli tarozining sxemasi ifodalangan. 71-rasmda esa
yelkalari teng
bo‘lmagan richagli tarozi sxemasi berilgan.
Richagli tarozilarda shkala bo‘linmasi qiymati
s
quyidagi formula orqali
aniqlanadi:
s = k (P
0
c / lg)
bu yerda:
P
0
– tarozi shayini massasi (strelka bilan birgalikda);
c
–
tarozi shayini
og‘irlik markazi bilan uning aylanish o‘qi orasidagi masofa;
l
– tarozi shayini
yelkasi uzunligi;
g
– erkin tushish tezlanishi;
k
– sanoq qurilmasida ro‘xsat etilgan
usulga bog‘liq koeffisent.
72-rasmda savdo sohasida ko‘p
ishlatiladigan, stol ustiga qo‘yishga
mo‘ljallangan richagli tarozining umumiy ko‘rinishi va sxemasi ko‘rsatilgan.
a)
b)
72 - rasm. Stolga o‘rnatiluvchi siferblatli mexanik savdo tarozisi:
a
– umumiy ko‘rinishi;
b
–
sxemasi: 1-asosiy teng yelkali richag; 2-tayanch prizma; 3 - 4 – yuk qabul qiluvchi prizmalar;
5–6 – tarozi pallalarini ag‘darilib ketishini oldini olish uchun ustun
; 7 – kvadrant (og‘ish
burchagini o‘lchash qurilmasi); 8 – strelka; 9 – shkala.
119
Prujinali va elektrotenzometrik tarozilarning ishlashi prinsipi Guk qonuniga
asoslangan.
Prujinali tarozilarning sezgir elementi yassi spiralsimon prujina yoki
silindrik shakldagi prujina bo‘lib, u yuk massasi ta’sirada deformatsiyalanadi.
Tarozining ko‘rsatishi shkaladan prujinaga bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkich
siljishiga
qarab aniqlanadi. Yuklanish olinganda ko‘rsatkich yana boshlang‘ich holatiga
qaytadi, demak prujinada qoldiq deformatsiya ko‘zatilmaydi.
Aylanuvchi (torzion) tarozilarda sezgir element sifatida egiluvchan tola yoki
spiral prujina xizmat qiladi (73-rasm). Yuk qiymati aylanish momentini hosil
qiluvchi yuklanishga bo‘g‘liq ravishda prujina tolasining
aylanish burchagi
bo‘yicha aniqlanadi.
Elkktrotenzometrik tarozilarning ishlash prinsipi elektr qarshiligining
o‘zgarishiga bog‘liq ravishda yuklanishning ta’sir kuchini qabul qilib oluvchi
egiluvchan elementlarning deformatsiyalanishiga asoslangan. O‘zgartkich
sifatida
yuqori sezgirlikdagi simdan qilingan, egiluvhcan elementga biriktirilgan
tenzometrlar qo‘llaniladi. Elektrotenzometrik tarozilar og‘ir
yuklarni tortishda
ishlatiladi, masalan, vagonlarning va avtomobillarning massasini aniqlashda. 74-
rsmda avtomobillarning massasini aniqllashda qo‘llaniladiga mexanik tarozining
sxemasi keltirilgan.
73-rasm. Aylanuvchi (torzion) tarozi sxemasi: 1 – spiral prujinalar; 2- yukni siljitish uchun
richag; 3- magnit tezlashtirgich; 4 – strelka; 5 – shkala.
120
74-rasm. Avtomobil tarozisining sxemasi.
Rasmdan to‘rt sharnirli taroz platformasi 1 to‘rtta bo‘ylama richag
2,14,17,18
larga tayanib turadi, bu richaglar avtomobil yurish yo‘nalishi bo‘ylab
joylashgan. 17 va 18 richaglar 11 qutida joylashgan oraliq mexanizm bilan 15 va
16 uzatuvchi richaglar hamda chiquvchi richag 3 va tyaga 4 yordamida
bog‘langan. 2 va 14 richaglar chiquvchi richag bilan bevosita bog‘langan. Shunday
qilib platformaning richagli mexanizmi richaglar yelkalari bilan bir xil bog‘liqlikda
bo‘lgan kuch uzatish zanjiriga ega. Oraliq mexanizm ikkita bir-biri bilan
bog‘langan 5 va 10 richaglardan tashkil topgan. Bu
richaglar yana siferblatli
ko‘rsatkichga tiyaga 9 orqali bog‘langan. Richag 10 ning yelkasiga ilgak 12 orqali
tarozi toshlari 13 osilgan bo‘lib, ular tarozi platformasiga ta’sir etuvchi yuklanish
qismini tenglashtiradi. Qolgan yuklanish qismi esa siferblatli ko‘rsatkichdagi
kvadrant 7 orqali tenglashtiriladi.