Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


-rasm. Ekran shkalali binokulyar mikroskopi.  114



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/106
tarix22.10.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#159508
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
67-rasm. Ekran shkalali binokulyar mikroskopi. 


114 
 
 
Universal o‘lchash mikroskoplari
- asbob mikroskoplaridan kattaroq 
o‘lchash ko‘lamlari va oshirilgan aniqligi bilan farqlanadi. Mashinasozlik 
zavodlarida UIM-21 universal mikroskoplari ko‘proq tarqalgan (68-rasm). 
Mikroskop bikr quyma stanina (13), bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlarda 
harakatlanuvchi karetkalarga ega. Bo‘ylama karetka (2) da markaz babkalar (3) 
o‘rnatiladigan silindrik yo‘naltiruvchi ariqcha bor. Karetkaning bu tayanch yuzalari 
buyum stoli va har xil moslamalar o‘rnatish uchun ham xizmat qiladi. Ko‘ndalang 
karetka (11) ning tagida yoritish tizimi, ustida esa vizir mikroskop (8) o‘rnatilgan 
ustun (7) joylashtirilgan. 
Asbob mikroskopdagidek ustun (7) ni mikroskopi bilan maxovikcha (9) 
yordamida gorizontal o‘qi atrofida engashtirish mumkin. Stoykaning aylanish o‘qi 
bo‘ylama karetka babkalarining markaz chizig‘i bilan kesishadi. Ikkala karetkada 
bo‘linmalari 1 mm ga teng bo‘lgan, o‘tuvchi nur bilan yoritiladigan shisha 
shkalalar o‘rnatilgan. 
Shkalalar ustida bo‘linmalari 0,001 mm ga teng bo‘lgan spiral noniusli 
sanash mikroskoplari (4) va (5) joylashtirilgan. Karetkalarni kerakli holatga tez 
surish murvatlar (14) va (15) bo‘shatilganda, aniq o‘rnatish esa murvatlar (14) va 
(15) mahkamlangandan keyin, mikrometrik murvatlar (1) va (12) yordamida 
amalga oshiriladi. 
 
 
68-rasm. Universal o‘lchash mikroskoplari: 
a
– УИМ-21 mikroskopi; 
b
– УИМ-23 mikroskopi.


115 
Har ikki karetkaning yo‘naltiruvchilari kam ishqalanishi va o‘rnatishning 
yuqori aniqligini ta’minlovchi soqqali podshipniklarda bajarilgan. Vertikal 
yo‘nalishda mikroskop kronshteyni kremalera (6) yordamida suriladi, tugal 
fokuslash uchun tubus kerakli holatga halqa (10) ni aylantirish bilan keltiriladi. 
Mikroskop almashinuvchi obyektiv (1) va burchak o‘lchovchi, profil va qo‘sh 
tasvirli kallaklar bilan jihozlangan. УИМ-21 mikroskopining o‘lchash ko‘lami 
bo‘ylama yo‘nalishda 0 dan 200 mm gacha, ko‘ndalang yo‘nalishda 0 dan 100 mm 
gacha, burchak oichamlari 0 dan 360° gacha (burchak kallagining bo‘linmalari l' ga 
teng). Bosh mikroskopining kattalashtirishi qo‘llangan obyektivga qarab, 10; 15; 
30 yoki 50 martagacha bo‘ladi. Proyeksiyalovchi mikroskop УИМ-23 ni ta’rifi 
УИМ-21 ga o‘xshaydi. Unda bosh va sanash mikroskoplari ishni osonlashtiruvchi 
proyeksiyalash qurilmalari (1, 2) va (3) ga almashtirilgan. УИМ-23 mikroskopida 
УИМ-21 dan farqlovchi ravishda o‘tirib ishlash mumkin, bu kuzatuvchi ishini 
yengillashtiradi va mehnat unumdorligini oshiradi. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin