133
84- va 85-rasmlarda ana shunday suyuqlikli
termomterlarning tuzilishi
ko‘rsatilgan.
84-rasm. Tajribaviy simob termometrlari:
а
–
shkalasi solib qo‘yilgan termometr:
1 –
shihsa rezervuar; 2 – kapillyar; 3 – shkalali
plastina; 4 – shisha qobiq;
b
–
tayoqchasimon termometr
: 1 – rezervuar; 2
– qalin devorli kapilyar; 3 – kapilyarning
tashqi sirtidagi shkala.
85-rasm. Texnik shishali termometrlar:
а
–
to‘g‘ri shakldagi;
b
– burchakli
bu yerda
l
– termometr shkalasi graduslari
o‘rnatilgan ustunning uzunligi;
t
– nazorat
qilinayotgan muhitning termometr bilan
o‘lchangan temperaturai.
Shishali termometrlarning bо‘limlarini qiymati (0,01...10) °C oraliqda bо‘lib,
termometrning nimaga mо‘ljallanganligi va termometrik suyuqlikning qо‘llanilish
turi bilan belgilanadi.
Ishlab
chiqariladigan
termometrlarning
asosiy
qismi
о‘zining
konstruksiyasiga kо‘ra ikki guruhga bо‘linadi:
1) solib qо‘yilgan shkalali termometrlar, ularda
shkalali plastinka shisha
qobiqning ichiga solinib, kapilliyarga mahkamlanadi (84-rasm,
a
);
2) tayoqchasimon termometrlar, ulardagi shkala
bevosita qalin devorli
kapillyarning tashqi sirtiga chizilgan bо‘ladi (84-rasm,
b
).
Suyuqlikli termometrlar vazifasiga kо‘ra tajribaviy, texnik (ishlab
chiqarishdagi) va ishchi etalonlar (namunaviy) ga bо‘linadi.
Tajribaviy
134
termometrlar ilmiy izlanishlarda qо‘llaniladi va tо‘la botirilish bо‘yicha
darajalanadi. Ularning quyi о‘lchash chegarasi -30 dan 300 °C gacha bо‘lgan
diapazon ichida, yuqori chegarasi 20 dan 600 °C gacha bо‘lgan diapazon ichida
yotadi. Bо‘limlarining qiymati 0.1 dan 2 °C gacha bо‘lgan oraliqda yotadi. Xatolik
chegarasi bо‘lim qiymati va о‘lchash diapazoniga bog‘liq bо‘lib, 0,3 dan 4 °C
gacha bо‘ladi (bu bо‘lim qiymatini oshirib yuborishi mumkin).
Texnik termometrlar faqatgina quyi tо‘g‘ri yoki burchak ostida egilgan (90
yoki 120°
burchak ostida, 85-rasm) qismi botirilgan holatda darajalanadi. Ular
maxsus vazifa (medisina, metrologiya va boshqalar uchun) yoki maxsus texnik
xarakteristika (titrashga chidamli, elektrkontaktli) ga ega bо‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: