Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/106
tarix22.10.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#159508
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

Gazli termometrlar.
Gazli termomatrlarning ishlash prinsipi temperatura 
ta’sirida gaz hajmining va uning bosim kuchining ortishiga asoslangan. 86-rasmda 
ana shunday gazli termometrlardan birining sxemasi berilgan. Rasmdan 
ko‘rinadiki, C idishdagi gazning hajmi temperatura ko‘tarilishi bilan ortadi va 
uning B idishdagi suyuqlikka bosim kuchi ham ortadi. Buning natijasida suyuqlik 
A shisha naycha bo‘ylab yo‘qoriga ko‘tariladi, bu naycha ta’sir etuvchi bosim 
kuchiga proporsional ravishda Selsiy shkalasida gradiurovkalangan. Shkala 
bo‘yicha temperatura qiymatini bevosita aniqlab olish mumkin. 

86-rasm. Gazli termometrning sxemasi. 


135 
Manometrik termometrlar
. Bu asboblar moddalar hajmi o‘zgarmas 
bo‘lganda temperatura o‘zgarishi bilan bosimning o‘zgarishiga asoslangan. 
Manometrik termometrlarning ishlash prinsipi yopiq hajmdagi gaz, suyuqlik 
va to‘yingan bug‘lar bosimining temperaturaga bog‘liq ravishda o‘zgarishiga 
asoslanadi. Ushbu termometrlar portlash xavfi mavjud bo‘lgan ishlab 
chiqarishlarda keng qo‘llaniladi. 
Konstruktiv jihatdan termometr nazorat qilinayotgan muhitga botiriladigan 
termoballon 
1
, bosimni о‘lchovchi manometr 
3
va termoballon bilan manometrni 
bog‘lab turuvchi kapillyar 
2
dan tashkil topadi (87-rasm). Bunday termometrlar -
200 dan 600 °C gacha bо‘lgan temperaturalarni о‘lchash uchun ishlatiladi. 
87-rasm. Маnometrik termometrning umumiy sxemasi: 1-termoballon; 2-kapilyar; 3-manometr. 
Gazli manometrik termometrlar
-200 dan 600 °C gacha intervaldagi 
temperaturalarni о‘lchash uchun qо‘llaniladi. Quyi о‘lchash chegarasi -200 dan 
+200 °C gacha bо‘lgan intervaldan, yuqori chegarasi esa 50 dan 600 °C gacha 
bо‘lgan intervaldan tanlanadi.
Termometr temperaturai o‘lchanadigan muhitga tushurilgan termoballondan 1, 
kapillyardan 2 va manometrik prujinadan 3 va korpus 4 dan iborat (88-rasm). 
Tо‘ldiruvchi modda sifatida 
geliy
(past temperaturalarda), 
azot
(о‘rta 
temperaturalarda) yoki 
argon
(yuqori temperaturalarda) ishlatiladi. 
Atrof-muhit havosi temperaturaining о‘zgarishi kapillyardagi ishchi modda
va manometrik prujinaning kengayishiga ta’sir kо‘rsatib, termometrning 
kо‘rsatishi va bosimni о‘zgarishiga olib keladi. Ushbu ta’sirlarni kamaytirish 


136 
maqsadida prujina kapillyarning ichki hajmini temoballonning hajmiga nisbati 
kamaytiriladi, buning uchun termoballonning uzunligi va diametri oshiriladi. 
Gazli termometrlarning aniqlik sinfi 1 yoki 1,5 bо‘ladi. Ular kо‘rsatuvchi yoki 
о‘ziyozar qilib, ba’zi hollarda qо‘shimcha qurilmalar bilan ta’minlangan holda 
ishlab chiqariladi. 
88–rasm. Gazli manometrik termometrning umumiy ko‘rinishi. 
Kondensatsion manometrik termometrlar
-25 dan 300 °C gacha bо‘lgan 
intervaldagi temperaturani о‘lchash uchun ishlatiladi. Quyi о‘lchash chegarasi -25 
dan 100 °C gacha, yuqori chegarasi 35 dan 300 °C gacha bо‘lgan intervaldan 
tanlab olinadi va о‘lchash diapazoni 50 dan 150 °C gacha bо‘lgan oraliqda 
о‘zgarib turadi. Termometrning termoballonini taxminan 
4
3
qismi qaynash 
temperaturai past bо‘lgan suyuqlik (atseton, freon) bilan, qolgan qismi esa ushbu 
suyuqlikning tо‘yingan bug‘i bilan tо‘ldiriladi. Kapillyar va prujina ham suyuqlik 
bilan tо‘ldirilgan bо‘ladi. Termoballondagi suyuqlikning miqdori shunday bо‘lishi 
kerakki, eng yuqori temperaturada ham suyuqlikning hammasi bug‘ga aylanib 
ketmasligi lozim. Termometrik suyuqlik sifatida 
freon-22
(quyi temperaturalar 
uchun), 
xlorli metil, xlorli etil, atseton, toluol, spirt
(о‘lchash chegarasining 
о‘sishiga 
qarab) 
ishlatiladi. 
Kondensatsion 
manometrik 
termometr 
termosistemasidagi bosimtemperaturai termometrning termoballoni tushirilgan 
muhit temperaturai bilan aniqlanadigan ishchi suyuqlikning tо‘yingan bug‘ini 
bosimiga teng bо‘ladi. Tо‘yingan bug‘ bosimining temperaturaga bog‘liqligi 


137 
nochiziqli bо‘lib, о‘lchanayotgan temperatura kritik qiymatdan oshib ketmasa, bir 
qiymatli hisoblanadi. 
Termotizimdagi bosim faqatgina о‘lchanayotgan temperaturaga bog‘liq 
bо‘lganligi uchun termometrning kо‘rsatishiga atrof muhitning temperaturai ta’sir 
kо‘rsatmaydi. Termoballon va о‘lchash asbobining joylashish balandliklariga 
bog‘liq tarzda gidrostatik xatolik yuzaga keladi. Ushbu xatolikni kamaytirish 
uchun kapillyarning uzunligi 25 metrdan oshmaydigan qilib belgilangan. 
Kondensatsion manometrik termometrlarda bosim yuqori bо‘lmagan paytda 
shkalaning boshlanish sohasida barometrik xatolik yuzaga kelishi mumkin. Qolgan 
hollarda barometrik xatolikning qiymati e’tiborga olinmas darajada kichik bо‘ladi. 
Kondensatsion manometrik termometrlar kо‘rsatuvchi qilib ishlab chiqariladi, 
qо‘shimcha elektr kontaktli qurilma bilan ta’minlangan bо‘lishi ham mumkin. 
Termometrlarning aniqlik sinfi 1 yoki 1,5 bо‘ladi. 
Suyuqlikli manometrik termometrlar
keng tarqalmagan bо‘lib, ular -50 dan 
300 °C gacha bо‘lgan temperaturalarni о‘lchash uchun qо‘llaniladi. Quyi о‘lchash 
chegarasi -50 dan 100 °C gacha, yuqori chegarasi 50 dan 300 °C gacha bо‘lgan 
intervaldan tanlab olinadi va о‘lchash diapazoni 50 dan 300 °C gacha bо‘lgan 
oraliqda о‘zgarib turadi. Termometrik suyuqlik sifatida quyi temperaturalar uchun 
PMS-5, yuqori temperaturalar uchun esa PMS-10 ishlatiladi. Suyuqlikli 
manometrik termometrlarning ishchi suyuqligi amalda umuman siqilmaydi. 
Shuning uchun ham temperatura о‘zgarganda suyuqlik hajmini о‘zgarishiga mos 
ravishda manometrik prujina о‘zining ichki hajmini о‘zgartiradi va ishchi suyuqlik 
hajmining о‘zgarishi termotizimdagi bosimning о‘zgarish diapazoni bilan mos 
tushadi. Bunda bosim prujinalarning qattiqligiga bog‘liq bо‘lib, turli manometrik 
prujinalar uchun turlicha bо‘lishi mumkin. 
Suyuqlikli manometrik termometrlarda barometrik bosimning о‘zgarishi 
hisobiga yuzaga keluvchi xatolik tizimdagi bosim singari ahamiyatga egadir. 
Suyuqlikli manometrik termometrlarda atrof muhit temperaturaini о‘zgarishi 
xatolikni yuzaga keltiradi. Ushbu xatolikni kamaytirish uchun temperaturali 
kompensatsiyalashning turli usullari ishlatiladi. 


138 
Termoballon va о‘lchash asbobining turli sathlarda о‘rnatilishi tufayli 
suyuqlikli manometrik termometrlarda gidrostatik xatolik yuzaga keladi. 
Gidrostatik xatolikni kamaytirish maqsadida kapillyarning uzunligi 10 metrgacha 
qisqartiriladi. Suyuqlikli termometrlar kо‘rsatuvchi qilib, 1 yoki 1,5 aniqlik sinfi 
bilan ishlab chiqiladi. 
Manometrik termometrlar titrash sharoitlarida, shuningdek portlash va 
yong‘in xavfi mavjud binolarda ham ishlashi mumkin. Termometrning xatoliklar 
manbai: barometrik bosim va atrof muhit temperaturaining о‘zgarishi, termoballon 
va manometrning о‘zaro joylashish xarakteri.

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin