Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/106
tarix22.10.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#159508
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

Bosim 
signalizatorlari.
Boshqarish 
obyektlarini 
yuqori 
bosimdan 
himoyalash, ortiqcha bosimni “chiqarib yuborish” yoki texnologik jarayonni 
to‘xtatishga mo‘ljallangan bosim signalizatorlaridan foydalaniladi. 
Bosim signalizatorlari ham defarmatsion bosimni o‘lchash asboblari kabi 
sezuvchi elementiga nisbatan 
prujinali, membranali, silfonli
bo‘lishi mumkin. Juda 
katta bosimlar uchun porshenli bosimni o‘lchash asboblaridan ham foydalaniladi. 
107-rasm. Membranali (a) va silfonli (b) bosim signalizatorlari. 
a) 1-bog‘lovchi detal (shtok); 2-mebrana; 3-datchik bo‘shlig‘i; 4-shtutser (sirti rezbali kalta 
trubka); 5-prujina; 6- mikropereklyuchatel; 
b) 1-mikropereklyuchatel; 2-zadatchik prujinasi ; 3-turtkich; 4-silfon; 5- shtutser 
Membranali bosim signalizatoridagi 
(107, a-rasm) yassi membrana 2 
bog‘lovchi detal (shtok) 1 bilan bog‘langan. Shtutser 4 orqali datchik bo‘shlig‘iga 
kelayotgan bosim o‘zgarganda (oshganda yoki kamayganda) shtok 1 signalizator 
korpusiga o‘rnatilgan mikropereklyuchatel 6 ni ulaydi (yoki uzadi). Signalizatorni 
ishlash diapazonini rostlash uchun prujina 5 dan foydalaniladi. 
Silfonli signalizatorlar (107,b-rasm) kichik bosimlarni nazorat qilish uchun 
mo‘ljallangan. Shtutser 5 orqali kelayotgan bosim o‘zgarganda silfon 4 
deformatsiyalanadi. Deformatsiya hisobiga hosil bo‘lgan kuch prujina 2 ning aks 
ta’sirini yengib turtkich 3 orqali mikropereklyuchatel 1 ni ulaydi yoki uzadi.


158 
Texnologik jarayonlarni boshqarishda va himoyalashda ДН, ДT, РД, ЭКМ 
kabi bosim signalizatorlaridan keng foydalaniladi. 108-rasmda РД-12 tipli bosim 
relesining prinsipial sxemasi keltirilgan. 
108-rasm РД-12 bosim relesining prinsipial sxemasi: 
1,6–richaglar; 2-silfon; 3-turtkich; 4-korpus; 5-o‘q; 7-shkala; 8,14-prujinalar; 9-
ko‘rsatgich; 10-differensial vinti; 11-o‘rnatma shkalasi; 12-o‘rnatma vinti; 13-o‘rnatma 
ko‘rsatgichi; 15-mikropereklyuchatel. 
Bosim relesi texnologik jarayon bosimini nazorat qilish va signal berish 
uchun mo‘ljallangan. Relening sezgir elementi silfon. Releni ishlash prinsipi silfon 
2 ga ta’sir qiluvchi bosim kuchi bilan rostlovchi prujina 14 ning egiluvchan 
deformatsiya kuchini muvozanatlashtirishga asoslangan. O‘lchanayotgan bosim R 
oshganda silfon 2 deformatsiyalanadi (ochilib ketadi) va prujina 14 ning qarshilik 
kuchini yengadi. Bosim o‘rnatilgan qiymatga yetganda (shkala 11), richag 1 
mikropereklyuchatel 15 kontaktlarini almashlab ulaydi. Bosim R shkala 7 bo‘yicha 
prijina 8 orqali o‘rnatilgan differensialdagi qiymatgacha pasayganda, richag 1 
mikropereklyuchatel 15 ni kontaktlarini teskarisiga almashlab ulaydi. 


159 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin