N/m
2
dan 0,25
MN/m
2
, ya’ni 0,01
mm.
suv.ust.
dan 1900
mm.sim.ust.
gacha oraliqda.
Ikki naychali manometr.
Bosim siyraklanishini va bosimlar ayirmasini
(farqini) o‘lchash uchun U-simon ikki naychali manometrdan foydalaniladi.
Ikki vertikal tutash naycha 1 va 2 metall yoki yog‘och asos 3 ga
mahkamlangan va unga shkala 4 o‘rnatilgan U-simon manometrning prinsipial
sxemasi 99-rasmda ko‘rsatilgan. Paskal qonuni bo‘yicha, tutash idish
naychalaridagi bosimlar bir xil bo‘lganda, ya’ni Р
1
=Р
2
, undagi suyuqliklar sathi
ham teng bo‘ladi: h
1
=h
2
.
Tutash idish naychalarining uchlaridan birini o‘lchanayotgan muhit bosimiga
ulansa idishdagi suyuqliklarni sath tengligi buziladi va shkaladan bosimni o‘lchash
mumkin.
99-rasm. U-simon manometr.
149
U-simon manometr orqali o‘lchanayotgan bosim bilan atmosfera bosimi
farqini, hamda ikkita bosim farqini o‘lchash mumkin. Birinchi holatda
naychalardan birining uchi ochiq bo‘ladi, ikkinchi uchi o‘lchanayotgan muhit
bosimiga ulanadi. Ikkinchi holatda o‘lchanayotgan bosimlar ikkala naychaga
ulanadi.
Agar naychaning ochiq qismidagi suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi
ikkinchi qismidagi bosim bilan mos kelsa, asbobda suyuqlik ustuni balandliklari
bir xil holatda bo‘ladi. Shunga asoslanib, quyidagi ifodani yozish mumkin:
Р
mut
·S = P
аtm
·S + H·S·g(с-с
1
)
bu yerda, Р
mut
– o‘lchanayotgan bosim,
Pa
;
Р
аtm
– atmosfera bosimi,
Pa
;
S - naycha kesimining yuzi,
m
2
;
Н – suyuqlik sathining (ustun uzunligining) farqi,
m
;
с – suyuqlikning zichligi,
kg/m
3
;
с
1
– manometrdagi suyuqlik ustidagi muhitning zichligi,
kg/m
3
;
g – tezlanish kuchi,
m/s
2
.
Demak,
Р
mut
= P
аtm
+ H·g(с-с
1
),
Р
оrt
= Р
mut
– P
аtm
= H·g(с-с
1
).
Agar manometrdagi suyuqlik ustida gaz bo‘lsa, u holda:
Р
оrt
= Р
mut
- P
аtm
= H·g·с.
Suyuqlik ustuni balandligini topish uchun ikki marta ustun balandliklarini
hisoblab chiqish (bir tirsakdagi kamayishini, ikkinchisida esa, ko‘payishini) va
ularning qiymatini qo‘shish lozim, ya’ni
H = h
1
+h
2
Bosimlar farqini (o‘zgarishini) o‘lchashda suyuqlikli differensial ikki naychali
manometrning bir tirsagiga (musbat) katta bosim, ikkinchi tirsagiga esa (manfiy)
kichik bosim beriladi. Musbat va manfiy tirsaklardagi suyuqlik sathining farqi
o‘lchanayotgan bosimlar farqiga mutanosib (∆P):
∆P=P
1
-P
2
=H·g(с-с
1
).
150
Manometrlarda ish suyuqligi kapillyar kuchlarning ta’siridan xalos bo‘lish
uchun ichki diametri 8...10 mm bo‘lgan shisha naychalardan foydalaniladi. Agar
ish suyuqligi sifatida spirt olinsa, naychalarning diametrini kamaytirish mumkin.
100-rasmda MMN rusumidagi chashkali qiya trubkali manometrning umumiy
ko‘rinishi ifodalangan.
100-rasm. MMN rusumidagi chashkali qiya trubkali manometr.
Pukak (qalqovich)li difmanometrlar.
Pukakli difmanometlarning ishlash
prinsipi bosimni o‘lchashda kosadagi suyuqlik sathi balandligining o‘zgarishi
natijasida pukakning siljishiga asoslangan. Uzatish qurilmasi yordamida pukakning
siljishi strelkaga uzatiladi (100-rasm). Pukakli difmanometr asosan bosimning
o‘zgarishini o‘lchash uchun ishlatiladi.
100-rasmda pukakli difmanometr sxemasi ko‘rsatilgan. Katta bosim
beriladigan idish musbat, kichik bosim beriladigan idish manfiy deyiladi. Musbat
idishga P
1
>Р
2
bosim berilganda undagi suyuqlik sathi h
2
ga pasayib, manfiy
idishdagi sath h1 ga ko‘tariladi. Р
1
-Р
2
bosimlar ayirmasi suyuqlik ustunining h
uzunligi orqali muvozanatlashadi:
h = h
1
+ h
2
.
Bosimlar farqining muvozanat sharti quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:
P
1
-P
2
=∆P=h·g(с-с
1
),
bu yerda, ∆Р - bosimlar farqi,
Pa
; с — difmanometr ichidagi suyuqlikning zichligi,
kg/m
3
; с
1
– difmanometrdagi suyuqlik ustidagi muhitning zichligi,
kg/m
3
; g –
tezlanish kuchi,
m/s
2
.
151
Р
1
Р
2
Р =
1
2
Р
Р
1
Р
2
Р
1
2
>
Р
h
h
1
h
2
100–rasm. Pukakli difmanometr sxemasi.
Deformatsion manometrlar.
Defarmatsion asboblarni ishlash prinsipi bosim
ta’sirida turli elastik elementlarning deformatsiyalanishi yoki ularning kuchini
o‘lchashga asoslangan. Elastik elementda bosim kuchi ta’sirida vujudga keladigan
deformatsiyalanish natijasida o‘lchov asbobning strelkasi to‘g‘ri chiziqli yoki
burchakli shkala bo‘yicha surilib, bosim miqdorini ko‘rsatadi.
GOST 8.271-77 bo‘yicha deformatsion manometrning ishlash prinsipi
sezuvchi elementning deformatsiyasiga yoki o‘lchanayotgan bosim hisobiga hosil
bo‘lgan kuchga asoslangan.
Defarmatsion bosimni o‘lchash asboblari ortiqcha bosim, siyraklanish va
bosimlar farqlarini o‘lchash uchun keng qo‘llaniladi.
Defarmatsion bosimni o‘lchash asboblari sezuvchi elementiga nisbatan
prujinali, membranali, silfonli
bo‘lishi mumkin.
Prujinali bosimni o‘lchash asboblari
katta (2,5 - 60 MPA, 25 - 600 kgk/sm
2
)
bosimlarni o‘lchashda, membranali, silfonli bosimni o‘lchash asboblari kichik
(0,02 - 0.25 MPA, 0,2 - 2,5 kgk/sm
2
) bosimlarni o‘lchashda qo‘llaniladi.
Naychasimon prujinali bosimni o‘lchash asbobining sezgir elementi sifatida
manometrik prujina ishlatiladi. Prujina bir o‘ramli yoki ko‘p o‘ramli bo‘lishi
mumkin.
152
Bir o‘ramli prujinali manometrning knimatik sxemasi 101-rasmda keltirilgan.
Bosim o‘zgarishi natijasida prujini 3 uchining siljishi yetaklovchi richag 5 orqali
o‘q 6 da aylanayotgan sektor 1 ga uzatiladi. Sektorning burchakli siljishi tishli
ilashma yordamida ko‘rsatuvchi strelka 4 ning g‘ildiragi 2 ni (tribka
1
ni)
aylanishiga olib keladi.
101-rasm. Prujinali manometrning kinematik sxemasi.
Silfonli bosimni o‘lchash asbobi
ning sezgir elementi sifatida jez, bronza,
po‘lat plastinkalardan tayyorlangan silfonlardan foydalaniladi (102-rasm).
Silfonlar bir qatlamli yoki ko‘p qatlamli qilib tayyorlanadi. Silfonli o‘lchash
asboblari kichik bosimlarni, vakuummetrik bosimni, absolyut bosimni, ortiqcha
bosimni va bosimlar farqini o‘lchashda ishlatiladi.
102-rasm. Silfonli o‘lchash asbobi.
1
tribka
– strelkani harakatlantiruvchi yoysimon tishli g‘ildirak
153
103-rasm. Mutloq bosimni o‘lchash uchun mo‘ljallangan MAC-П1 rusumli shkalasiz
manometrning sxemasi: 1- tenglashtiruvchi silfon; 2 – o‘lchovchi silfon; 3 – soplo; 4 - qopqoq; 5
– teskari bog‘lovchi silfon; 6 – pnevmokuchaytirgich.
Membranali bosimni o‘lchash asbobi
ning sezgir elementi sifatida elastik
materiallardan tayyorlangan yumshoq plastinkasimon membranalar ishlatiladi.
Membranali o‘lchash asboblari bilan uncha katta bo‘lmagan ortiqcha bosimlar,
siyraklanishlar va bosimlar farqi o‘lchanadi. Membraninaning egilishidagi
elastikligi uning geometrik o‘lchamlariga (diametri, qalinligi, shakli), tayyorlangan
materialiga va unga ta’sir qiladigan bosimga bog‘liq. Membrana rezina,
plastmassa, latun, bronza kabi materiallardan tayyorlanadi.
Membranali asboblarning kamchiligi - sezgir element qo‘zg‘aluvchan
markazining sust yurishi, membrana bikrligini hisobdan cheklanishi va uni rostlash
murakkabligidadir.
Dostları ilə paylaş: |