160
3.
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar;
4.
Elektromagnit (induksion) sarf o‘lchagichlar;
5.
Ultratovushli, issiqlik (kalorimetrik) va ionli sarf o‘lchagichlar;
6.
Taxometrik o‘lchash asboblari – o‘lchanayotgan muxit oqimida joylashgan
o‘lchash asbobining aylanuvchi qismini aylanishlar chastotasini o‘lchashga
asoslangan.
7.
Tezlik bosimi sarf o‘lchagichlar;
Bosimlar farqi orqali sarfni o‘lchash.
Bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf
o‘lchagichlar –
quvurlardagi bug‘, gaz va suyuqliklarni sarfini o‘lchash uchun har
xil tipdagi bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlardan foydalaniladi. Sarfni
bunday o‘lchash suyuqlik yoki gaz o‘tayotgan quvurda kichik diametrli to‘siq –
diafragma yoki soplo o‘rnatish natijasida xosil bo‘ladigan modda potensial
energiyasi (statik bosimi)ning o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan(109-rasm).
109-rasm. Standart toraytiruvchi qurilmalar sxemasi:
a – diafragma (dumaloq teshikli yupqa disk); b – soplo (kirish qismi ravon toraygan,
chiqish qismi esa silindrdan iborat), c – Venturi soplosi, d – Venturi quvuri.
Kichik diametrli to‘siq vazifasini bajaruvchi toraytirish
qurilmasi quvurga
o‘rnatilib, sun’iy torayish hosil qilinadi. Modda quvurni torayish joyidan
o‘tayotganda uning tezligi (kinetik energiyasi) oshadi. Tezlikning ortishi oqimning
kesimi toraygan joyida potensial energiyaning kamayishiga olib keladi.
Natijada
161
to‘siqdan keyingi statik bosim undan oldingi statik bosimdan kam bo‘ladi.
Shunday qilib, modda toraytirish qurilmasidan o‘tishda bosimlar farqi
2
1
Dostları ilə paylaş: