164
113-rasmda ko‘rsatilgan sarf o‘lchagich ikki shtutserli to‘rt-burchak idish 2
dan iborat. Shtutserlardan biri idishning yonida joylashgan bo‘lib, suyuqlikni
kiritish uchun, ikkinchisy esa pastda joylashgan bo‘lib, suyuqlikning oqib chiqishi
uchun xizmat qiladi. Idish ichki tomonidan to‘siq bilan bo‘lingan, bu to‘siqqa
profillangan teshikli shchit germetik ravishda mahkamlangan. Idishdagi suyuqlik
oqib chiqadigan tirqish oldiga muhofazalovchi g‘ilofli Pezometrik naycha 1
cho‘ktiriladi. Haydalgan havo miqdori nazorat stakanchasi 4 yordamida
tekshiriladi. Havo bosimi reduktor 6 orqali o‘zgarmas qilib saqlanib turiladi va
manometr 5 bilan o‘lchanadi. Filtr 7 havoni tozalaydi. Pyezomstrik naychadagi
bosim tirqish oldidagi suyuqlik ustunining zichligi va balandligi bilan, demak,
suyuqlikning massaviy sarfiga bog‘liq. Pezometrik naychadagi gidrodinamik
bosimning qiymati difmanometr 3 bilan o‘lchanadi. 113-rasmda keltirilgan sarf
o‘lchagichning xususiyatlaridan biri ikkilamchi asbob shkalasining bo‘linmalari
tengligidadir.
113 – rasm. Suyuqlik oqib chiqadigan tirqish teshikli sarf o‘lchagich.
Dostları ilə paylaş: