Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


 Ichki o‘lchamlarni o‘lchash vositalari



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/106
tarix22.10.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#159508
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
3.8. Ichki o‘lchamlarni o‘lchash vositalari 
Ichki 
o‘lchamlarni o‘lchashning tashqi o‘lchamlarni o‘lchashdan 
farqlanadigan xususiyati shuki, o‘lchov uchliklari, odatda, sfera shaklida bo‘ladi 
(tashqi o‘lchashda kichkina yassi maydoncha) va o‘lchash jarayonida o‘lchamni 
diametral va o‘q tekisliklarida "axtarish" kerak (tashqi o‘lchashlarda buning hojati 
yo‘q). Ich o‘lchagichlar konstruksiyalarining ko‘p turlari mavjud. Ularni ikki 
guruhga: mikrometrik ich o‘lchagichlari va sanash kallakli ich o‘lchagichlariga 
bo‘lish mumkin. 
Ichki o‘lchamlarni o‘lchashga mo‘ljallangan, ikki nuqtali o‘lchash sxemali, 
nuqtalaridan birining siljishi rezbali juftligi, ya’ni murvat va gayka yordami bilan 
joriy qilinadigan qoplama asbob mikrometrik ich o‘lchagichi deb ataladi. Bu ich 
o‘lchagichining prinsipial sxemasi mikrometrga o‘xshaydi, lekin o‘lchash kuchini 
barqarorlovchi qurilmasi yo‘q va o‘lchash yuzalari bir-biriga tegmaydi. 
Ich o‘lchagichi (60-rasm) korpus (1), mikrometrik kallak (2), mufta (3) va 
uzaytiruvchilar (4) dan tarkib topgan. 


103 
Mufta (3) korpus (1) ga rezba yordamida biriktiriladi. Muftaning ikkinchi 
tomonida ichki rezbasi bo‘lib, unga uzaytiruvchilar o‘rnatiladi. Binobarin, 
mikrometrik ich o‘lchagichi mikrometrik kallak va har xil o‘lchamlarga moslab 
yig‘iladigan uzaytiruvchilar to‘plami birikmasidir. Ich o‘lchagichlarning yana bir 
mikrometrik indikatorli turi mavjud. Bular mikrojuftlikdan tashqari soatsimon 
indikatoriga ega. 
60-rasm. Mikrometrikich o‘lchagichi. 
61-rasm. Milli sanash kallakli ich o‘lchagichi. 
Mikrometrik ich o‘lchagichlar yordamida 50 mm dan 10000 mm gacha 
bo‘lgan o‘lchamlar o‘lchanadi. 1000 mm dan ortiq bo‘lgan o‘lchamlar uchun, 
odatda, mikrometrik indikatorli ich o‘lchagichlar chiqariladi. O‘lchash ko‘lamini 
orttirish uchun uzaytiruvchilar to‘plami bilan ta’minlanadi (50-75 mm; 75-175 
mm; 75-600 mm; 150-1250 mm; 800-2500 mm; 1250-400 mm; 4000—10000 
mm). 
Milli sanash kallakli ich o‘lchagichi
deb, ichki o‘lchamlarni o‘lchashga 
mo‘ljallangan o‘lchash tayoqchasining siljishi milli o‘lchash kallagi (sanasl 
kallagi) yordamida joriy qilinuvchi qoplama asbobga aytiladi. Indikatorli icl 
o‘lchagichlarning har xil konstruksiyalari mavjud. Ularning sxemalaridai biri 61-
rasmda keltirilgan. Bu ich o‘lchagichlarining o‘lchovchi uzeli ikki tayoqchadan 
tarkib topgan; ulardan biri (1) o‘lchash jarayonida qo‘zg‘almaydi, boshqasi esa (2) 


104 
sirg‘anish yo‘naltiruvchilari bo‘ylab siljiydi. Tayoqcha (2) ning siljishi ko‘pincha 
burchakli pishang (3) orqali shtokka (5) va undan sanash qurilmasi (4) ga uzatiladi. 
Ich o‘lchagichini o‘lchanuvchi teshikning o‘qidan o‘tgan tekislikda o‘rnatish 
uchun, «markazlashtiruvchi qurilma» deb ataluvchi maxsus qurilma ko‘zda 
tutilgan. U uchlari yumaloqlashtirilgan (7) planka («ko‘prikcha») (6) shaklida 
yasalgan. Bu uchlari bilan planka o‘lchanuvchi detalga taqalib turadi, ya’ni prujina 
(8) ta’siri ostida planka detal (9) ga tegib turadi. Shunday qilib, ich o‘lchagichi 
teshik ichiga kiritilganda, u silindr ichida uchta nuqta bo‘yicha asoslangan bo‘ladi, 
ikkita nuqta markazlashtiruvchi qurilma (7) da, bittasi tayoqcha (1) da. Bu nuqtalar 
teng yonli uchburchakning uchlarini tashkil qilishi, o‘lcham chizig‘i esa bu 
uchburchakning balandligi yo‘nalishi bilan bir bo‘lishi kerak. 
Indikatorli ich o‘lchagichlarining turlari 6 mm dan 1000 mm gacha bo‘lgan 
o‘lchash ko‘lamini qamrab oladi. Ko‘pincha 6-10 mm; 10-18 mm; 18-50 mm; 50-
100 mm; 100-160 mm; 160- 250 mm; 250-400 mm; 450-700 mm; 700-1000 mm 
ga teng olchamlar qatori qo‘llanadi. Turli ich o‘lchagichlarining o‘lchash 
chuqurliklari 100-500 mm ga teng. O‘lchash kuchi 200-250 sN dan 500-900 sN 
gacha bo‘ladi. 
Soqqali ich o‘lchagichlari
o‘lchovchi uzeli o‘ziga xos sxemaga ega (62-
rasm). Bu ich o‘lchagichlarida ponali uzatma prinsipi qo‘llanadi. Konusli uchlik 
(2) yo‘naltiruvchilar bo‘ylab harakat qiladi va uning siljishi bo‘linmalarining 
qiymati 0,001 yoki 0,002 mm ga teng bo‘lgan kallak bo‘yicha aniqlanadi. 
Konus harakatlanganda u o‘z uyalaridan ikkita soqqa (4) ni o‘lchanuvchi 
detal (5) yuzasiga taqalguncha siqib chiqaradi. Konusning o‘qi bo‘yicha siljishi 
o‘lchanuvchi teshik o‘lchami qiymatini ta’riflaydi. Konusning dastlabki holati 
joriy o‘lcham bo‘yicha rostlanadi. Konus burchagi 53°08' ga teng, bu holda kallak 
ko‘rsatkichining 1 mkm ga o‘zgarishi o‘lcham qiymatining 1 mkm ga o‘zgarishiga 
to‘g‘ri bo‘ladi. Ich o‘lchagichining markazlashtiruvchi qurilmasi o‘lchovni 
soqqalar diametrlaridan 0,01 mm ga kichik diametrli ikki soqqa (2) dan iborat. 
Shuning uchun, o‘lchovchi soqqalar siljishining qiymati o‘lchamlari ayirmasidan 
oshmaydi 


105 
Soqqali ich o‘lchagichlari o‘lchamlarning 
kichkina ko‘lamini qamrab oladi. Masalan, K.Seys 
korxonasi 2 mm dan 11 mm gacha bo‘lgan ko‘lam 
uchun soqqali ich o‘lchagichlarini chiqaradi. Asbob 
13 ta har xil o‘lchamli kallaklar bilan jihozlanadi. Har 
bir kallak 0,15-0,17 mm ga teng o‘lchash ko‘lamini 
ta’minlaydi. 
O‘lchash chuqurligi (20) 50 mm ko‘lamida 
bo‘lib, ko‘chma tayanch (6) yordami bilan joriy 
qilinadi. Bu yerda faqat eng ko‘p tarqalgan ich 
o‘lchagichlari ko‘rildi, lekin boshqa ko‘p, shu 
jumladan, sangali, ko‘p nuqtali mikrometrik, optik va 
hokazo turlari ham mavjud. Ular asosan, o‘lchovchi 
uzelining 
sxemasi 
va 
konstruksiyalari 
bilan 
farqlanadi. 
62-rasm. Soqqali ich 
o‘lchagichi.

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin