Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/106
tarix22.10.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#159508
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
3.6. O‘lchash kallaklari
 
O‘lchash kallaklari
- siljishlar o‘qib olinadigan shkalali, o‘lchash 
uchligining kichik siljishlarini milning katta siljishlariga aylantiruvchi mexanik 
sanash qurilmalaridir. Bu kallaklar alohida o‘lchash asbobi sifatida ishlatilmaydi, 


94 
ular siljishlarni sanash uchun mo‘ljallangan qurilmalarda o‘rnatilishi kerak. 
Shuning uchun o‘lchash kallaklarini, ko‘pincha, sanash qurilmalari deb atashadi. 
Odatda, o‘lchash kallaklari universal moslamalarga, ya’ni shtativ va o‘lchash 
ustunlariga o‘rnatiladi. O‘lchash kallaklarini bitta korpus va moslamada o‘rnatish 
uchun diametri 8 yoki 28 mm ga teng bo‘lgan maxsus silindrik qismlar ishlab 
chiqariladi. Kallaklar bo‘linmalarining qiymati 1; 2; 5 qatoridan olinadi. Ko‘pincha 
tishli, pishang- tishli va prujina mexanizmli kallaklar qo‘llaniladi. 
 
Tishli mexanizmli o‘lchash kallaklari (soatsimon indikatorlar).
Soatsimon 
indikatorlar sxemasi tishli uzatmalardan tuzilgan kallaklarning yagona vakilidir 
(53-rasm). Birinchi uzatma o‘lchash tayoqchasida kesilgan reyka (1) va tishli 
g‘ildirakcha (2) dan tarkib topgan. Tishli g‘ildirakcha (2) bilan bir o‘qda diametri 
katta tishli g‘ildirak (3) o‘rnatilgan, u o‘z navbatida, o‘qida asosiy mil o‘rnatilgan 
diametri kichkina tishli g‘ildirakcha (4) bilan ilashgan. 
Shkala (6) bo‘yicha mil (5) yordamida uchlik (7) ning siljishi o‘qiladi. U 
odatda, 157 marta kattalashtirilgan bo‘ladi. Soatsimon indikatorlar ko‘p aylanuvchi 
kallaklar soniga kiradi, chunki o‘lchash uchligi ko‘rsatish ko‘lami ichida siljiganda 
mil bir necha marta aylanadi. Mil aylanish sonini sanamaslik uchun indikatorda 
qo‘shimcha mil (11) va shkala (12) bo‘lib, u (11) tishli g‘ildirakcha (4) bilan 
ilashgan yordamchi g‘ildirak (10) o‘qida o‘rnatilgan. 
Uchlik harakati yo‘nalishidan qat‘iy nazar, tishli g‘ildiraklarning bir-biri 
bilan ilashishi bir ishchi profillar bo‘yicha amalga oshadi. Indikatorda bu yassi 
spiral prujinasi (9) yordamida ta’minlanadi. U juda ingichka bo‘lgani uchun «qil 
prujina» deb ataladi. Prujinaning bir uchi tishli g‘ildirakcha(10) ga, ikkinchi uchi 
esa indikator korpusiga mahkamlangan. 
Prujina (8) o‘lchash kuchini ta’minlaydi. Odatda, indikator diametri 8 mm 
silindrik gilza orqali o‘rnatiladi. Ko‘p indikatorlarda shkalasining orqa tomondagi 
qopqog‘ining yuzasida kronshteyn shaklida maxsus bog‘ich («quloqcha») ko‘zda 
tutilgan. Bu ishonchliroq o‘rnatishni ta’minlaydi, chunki silindrik qismidan qattiq 
qisganda, o‘lchash tayoqchasi qisilib qolishi mumkin. Shkala bo‘yicha nol 
hisobiga qo‘yish, odatda, hoshiyasi (13) ni aylantirib amalga oshiriladi. 


95 
Indikatorlarning aksariyat qismi 2 yoki 3, 5 yoki 10 mm ko‘lamda ishlab 
chiqariladi. Deyarli barcha soatsimon indikatorlar bo‘linmalarining qiymati 0,01 
mm Indikatorlarni turli holatlarda ishlatish uchun ashyolar to‘plamlari chiqariladi. 
53-rasm. Soatsimon indikator: 
a
– sxemasi; 
b
– umumiy ko‘rinishi. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin