Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Tik turish tiplari:
a) m o 'tad il qomat; b) egik qom at ; d) kifotonik qomat; e) kekkaygan 
qomat: f) lardotik qomat; g) skolioz qomat.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qomat, odatda, tadqiqot ishlari olib boriladigan ko'rsatkichlar 
qatoriga kirmaydi. Yoshlikdanoq u shakllanishni boshlaydi va 
hayot davomida o'zgarib turadi. Asosan. qomatning shakllanishi 
6 -7 yoshda yuz beradi va uning shakllanishida gavda muskullari- 
ning rivojlanishi katta aham iyatga ega bo'ladi. Bu muskullarning 
kuchlanishi, qomatni shakllantiradi va o 'sh a holatda ushlab tura­
di, ularning kamayishi esa uning buzilishiga olib keladi. Bolalarda 
gavda muskullari hali zaif rivojlanganligi sababli, ularning qomati 
chidamsiz bo'ladi.
Qomatni shakllantirish o'quvchilarni jism oniy jihatdan tar- 
biyalashning asosiy vazifalaridan biridir. Bu yerda bosh mezon 
bo'lib bir tekisda mashqlar bajarish va barcha guruh muskullarini 
gormonik rivojlantirishdan iboratdir. 18 yoshga yetganda qomat 
stabillashadi va bundan keyin uni tuzatish juda qiyin bo'ladi.
Qomatning buzilishiga nimalar olib keladi? Voyaga vetganlar- 
ga nisbatan bolalarda tanani tik turganda yoki o'tirganda normal 
yoki bir xil holatda uzoq muddat saqlab turish juda qiyin. Ular tez 
charchab tana holatini n o to 'g 'ri holatga o'zgartiradi, bu esa av- 
val qomatning buzilishiga olib kelsa. so'ngra yelka muskullarini 
bo'shashiga va o'sayotgan umurtqa pog'onasini qiyshayishiga olib 
keladi. Shu sababli jism oniy mashqlar. harakatli o'yinlar, sayr qi­
lish, xuddi to 'g 'ri yig'ilgan mebel singari turli muskul faoliyatining 
navbatlashuvchi qomatni buzilishining oldini oladi. Bolalarga o g 'ir 
vuk ko'tarishga ijozat bermaslik kerak, portfelga kitob solib qo'lda 
ko'tarib yurish ham umurtqa pog’onasini qiyshayib qolishiga, olib 
kelishi mumkin.
O ’quvchilarga daftar va kitoblarni yelkaga osiladigan ranslar- 
da olib yurish maqsadga muvofiqdir. Bolalarga juda yumshoq yoki 
yotgan paytda buklanib tushib ketadigan krovatlarda uxlash tavsiya 
qilinmaydi.
Dars va ovqatlanish uchun o'tirganda bolalarning to 'g 'ri o'ti- 
rishiga e'tibor berish kerak. Buni esa qachonki o'tiradigan stul va 
stol bolaning bo'y va tana proporsiyasiga to 'g 'ri keladigan bo'lsa- 
gina ta'm inlash mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin