Fiziologiyasi va gigiyenasi


Hujayraning irsiy apparati



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Hujayraning irsiy apparati. 
Har qanday hujayraning. shu jum - 
ladan. odam organizmi hujayrasining irsiy apparati bo'lib DNK hi­
soblanadi. DNK hujayra yadrosida tarqalib u yerda xrom osom alar 
deb ataluvchi tuzilm alar hosil qiladi. Xromosoma DNKda shifrlan- 
gan holdagi irsiy axborotlarni saqlaydi. Aynan DNK ota-ona hu- 
jayralaridan qiz hujayralarga irsiy axborotlarni yetkazib beradi.
Axborotlarni yozib olish uchun ayrim «simvol»lardan tash­
kil topgan kod bo'lishi zarur. Ana shunday «sim voblardan DNK 
molekulasidagi nukleotidlar hisoblanadi. Bir necha ming ketma-ket 
joylashgan nukleotidlardan iborat DNKning gigant molekulasidagi 
qator oqsil molekulalarida uning tuzilishi haqidagi yozuvlar yashi- 
ringan - «sirli» bo'ladi. Uzun ipsimon DNK molekulasi bir-birini 
orqasidan joylashgan qismlardan iborat va ularning har birida qay- 
sidir oqsilning tuzilishi haqidagi axborot saqlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bizga M orze alifbosi tanish, uning kodida bor y o 'g 'i ikkita 
belgi mavjiid (nuqta va tirelar). Alifboning har bir harfi nuqta va 
tirelarning m a'lum kombinatsivasiga mos keladi. Xuddi shunga 
o ‘xshash holatni DNK molekulasida ham kuzatish mumkin. Bu 
yerda kodlangan belgilar rolini DNKning polinukleotidli zanjirida 
k o ‘p marta takrorlanuvchi to ’rtta nukleotid bajaradi. Yuqorida qayd 
qilinganidek azotli asoslarning boshlang’ich harflari: A - adenin. 
G - guanin, T - tim in va С - sitozin bilan belgilanadi.
Oqsillarda 20 ta aminokislota topilgan va ularning har biri DNK 
molekulasidagi m a'lum darajada navbatlashib takrorlanuvchi nuk- 
leotidlarda yashiringan. Har bir am inokislota uchta yonma-yon 
turuvchi aminokislotalardan iborat bo'lgan DNKning m a’lum 
qismiga mos keladi. Masalan, A-C-C fragment triptofan aminkis- 
lotasiga to 'g 'r i kelsa, C-B-C qismi metioninga va h. k. Shunday 
qilib, 20 aminokislotaning har biri uchun shifrlangan guruh uchta 
nukleotidlardan tashkil topgan bo'ladi (triplet) (AAA. GCG,TGA 
va h. k.). Oqsil tuzilishidagi aminokislotalarning navbatma-navbat 
jovlashuvi DNKda tripletlarning joylanishi, navbatlashuvi singari 
shifrlangandir.
Oqsil hujayralarning hayoti uchun zarur bo'lgan m a'lum tu­
zilishi haqidagi dastur shifrlangan nuldetidlar qatori, ya'ni DNK 
molekulasining qismi genlar deb ataladi.
Nihoyat. uzoq muddatli evolutsiya davomida yuzaga keluvchi 
yadro DNKasi hujayralarning irsiy axborotlarini tashuvchi hisobla­
nadi.
Lekin DNK hujayra yadrosida joylashgan bo'lsa, aynan ana shu 
hujayra uchun xos bo'lgan oqsillarning sintezlanishi, asosan, sito- 
plazmada, uning mayda organoidlarida-ribosom alarda bajariladi.
Axborotlar qay tarzda ribosomalarga beriladi? Bu axborotchi 
RNKlar yordamida amalga oshadi. Axborot RNKlaridagi nukleo- 
tidlarning navbatlashuvi DNKning bitta qismining tuzilishini aks 
ettiradi. Bunday hollarda, DNK molekulasida saqlanuvchi oqsillar­
ning tuzilishi haqidagi axborotlar i-RNK larga qayta yoziladi deb 
yuritiladi. i-RNK molekulalari ribosomalarda tanlanadi va xuddi
www.ziyouz.com kutubxonasi


m atrisadagidek sitoplazmada saqlanuvchi aminokislotalardan oqsil 
molekulalarining yig'ilishi yuz beradi. Oqsillarning hosil bo'lishi 
uchun sarflanadigan am inokislotalar dastlab ATF bilan maxsus fer- 
mentlar ishtirokida faollashadi.
Faollashgan am inokislotalar transport t-RNK molekulalari bilan 
tashiladi. Turli am inokislotalar uchun o'zlarining t-RNKasi faoli­
yat ko'rsatadi. t-RNK bilan am inokislotalar energiyaga boy bo'lgan 
fosfat b og’lari yordamida birikadi. Ribosomalarda t-RNK am ino­
kislotalardan ajraladi: t-RNK xuddi 
chelnok
singari ishlaydi, faol­
lashgan aminokislotalarni tashiydi. faollashgan aminokislotalarni 
ribosomalarga olib kelib. so'ngra undan chiqib ketadi.
Shu y o'l bilan DNK da saqlanuvchi irsiy axborotlar oqsil tu- 
zilm alarida realizasiya qilinadi va ularning spetsifikligi aniqlanadi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin