Fiziologiyasi va gigiyenasi


Shartli reflekslarni hosil bo‘lish sharoiti



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Shartli reflekslarni hosil bo‘lish sharoiti. 
Shartli reflek­
slar shartsiz reflekslar negizida hosil b o iad i. Shartli reflekslarni 
I. P. Pavlov tom onidan «shartli» deb atalishiga asosiy sabab, ular­
ning hosil b o iish i uchun m a iu m aniq sharoitlar talab qilinadi. Av- 
valo, shartli qo'zg'atuvchi yoki signal zarur.
Tashqi muhitdan berilayotgan ta'sirotchi yoki organizmning 
ichki holatining m a iu m o'zgarishi shartli qo'zg'atuvchi b o iib hi- 
soblanishi mumkin. Shartli q o 'z g ’atuvchilar sifatida I. P. Pavlov 
laboratoriyasida elektr chirog'ini o'chirib yoqishi, qo 'ng 'iro q , suv­
ning shildirashi, terini ta'sirlash. hid, ta ’m sezgilarini q o 'z g ’atish 
idish va tovoqlarning tovushi. yonayotgan shamning k o ’rinishi va 
boshqalardan foydalanilgan. Agarda it har kuni bir vaqtda oziqlan- 
tirilsa, itlarda hali oziqlantirilguniga qadar m e'da shirasini ajralishi 
boshlanadi. Bu yerda shartli qo'zg'atuvchi b o iib vaqt xizmat qila­
di. Odamlarda ish tartibi ovqat yeyishni har kuni bir vaqtda baja-
www.ziyouz.com kutubxonasi


rish, har kuni bir vaqtda uyquga ketish bilan vaqtga nisbatan shartli 
reflekslar hosil qilish mumkin.
Ilgarigi hosil qilingan shartli reflekslarning o'xshash qo 'zg 'atu v - 
chilari ta ’sirini takrorlash y o'li bilan ham shartli reflekslar hosil qi­
lish mumkin. O 'xshash qo'zg'atuvchilarni (indifferent) birlamchi 
tartibdagi refleksning shartli qo'zg'atuvchilari bilan mustahkam- 
lash y o ii bilan ikkilamchi tartibdagi shartli reflekslar hosil qilina­
di. Eksperim entlar davomida uchlamchi va to'rtlam chi tartibdagi 
shartli reflekslar hosil qilish imkoniyati borligi aniqlandi, Bolalar­
da, hattoki oltinchi tartibdagi reflekslar ham hosil qilindi, lekin odat 
bo'yicha bu reflekslar turg'un bo'lm aydi.
Kuchli og'riqlar. kasallik yoki boshqa kuchli begona q o 'zg 'atu v ­
chilar shartli reflekslar hosil qilish imkoniyatini og'irlashtiradi yoki 
umuman y o'q qiladi.
Shartli reflekslar hosil qilish uchun, shartsiz reflekslar ho­
sil bo'lishini chaqiruvchi shartsiz qo'zg'atuvchilar bilan shartli 
q o'zg'atuvchilar mustahkamlanishi kerak bo'ladi. Oshxonadagi 
pichoqlarning tovushi ilgari bir necha marta ovqatlanish bilan m us­
tahkamlangan bo'lsa, u odam larda so'lak ajralishini chaqira oladi.
Bizning bu misolimizda pichoq va qoshiqlarning tovushi shartli 
q o'zg'atuvchilar hisoblansa, so'lak ajralishini chaqiruvchi shartsiz 
refleksni shartsiz qo'zg'atuvchisi bo'lib ovqat hisoblanadi. Agar- 
da shamning ko'rinishi biron marta kuygan paytdagi o g 'riq bilan 
to 'g 'ri kelgan bo'lsa, yonib turgan shamning ko'rinishi bolalarni 
qo'lini tortib olish uchun signal bo'lishi mumkin. Shartli reflekslar 
hosil bo'lishida shartsiz q o 'zg 'atish ta ’siri bir necha m arta (odatda,
1-5 s/ga) shartli qo'zg'atuvchi bilan birgalikda bajarilishi kerak.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin