Xususiyatlari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix22.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#159661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
57 Boboyeva Feruza Nosirjonovna 399-409

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(7), July, 2023 
402 
izohlashga harakat qiladi. Chunki o‘smir hayotining mazmunini tashkil etuvchi 
kechinmalar ta’sirida uning shaxsi shakllanadi.
Shunday qilib, XX asrning boshlarida o‘smirlik yoshini eng qiyin psixologik 
yosh deb tan olindi.
Hozirgi davrda o‘smirlarni tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari, 
qonuniyatlari, imkoniyatlari, hatti-harakat motivlari ifodalanishi va vujudga 
kelishining murakkab mexanizmlari mavjud. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 
o‘smirlarni tarbiyalashda ularning xususiyatlarini to‘la hisobga olgan holda ta’limiy-
tarbiyaviy tadbirlarni qo‘llash shaxslararo munosabatda anglashilmovchilikni 
vujudga keltirmaydi, sinf jamoasi o‘rtasida iliq psixologik iqlimni yaratadi.
O‘smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. 
Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. 
«Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas», - ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining 
muxim xarakterini bildiradi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera 
boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Fiziologik 
o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi barcha 
a’zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining 
qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin 
sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekresiya bezlaridan biri 
gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to‘qimalarining 
o‘sishi va muhim ichki sekresiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak o‘sishi va 
jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada bo‘y o‘sishi tezlashadi, jinsiy 
balog‘atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo 
bo‘lishi) amalga oshadi. 
Har qanday o‘smir shaxsida o‘z-o‘zini baholash orqali unga ta’sir etadigan 
ijtimoiy omillarni aniqlash mumkin. Chunki odamning o‘z-o‘zini anglashi, bilishi, 
o‘z ustida ishlashi avvalo, uning diqqati, ongi, bevosita o‘ziga, o‘z ichki 
imkoniyatlari, qobiliyatlari, his-hayajon kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. 
O‘smir shaxsining o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlarini anglashi qanchalik adekvat, 
to‘g‘ri, real bo‘lishi uning barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi. Shuning 
uchun shaxsning tarbiyalanganligini bilishda, uning o‘zi va o‘z sifatlari to‘g‘risidagi 
tasavvurlarini o‘rganish lozim. Demak, har bir inson o‘zini, o‘zligini qanchalik aniq 
va to‘g‘ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning ijtimoiy normalariga zid harakat qilish 
ehtimoli ham shunchalik kam bo‘ladi, ya’ni shaxs tarbiyalangan bo‘ladi. 
O‘smirlik davri maktab va boshqa ta’lim maskanlarida o‘qish davrlariga to‘g‘ri 
keladi. Bu davrdagi yetakchi faoliyat o‘qish bo‘lib, unda bola bilim olish bilan 
bog‘liq, malaka va ko‘nikmalarni orttirishdan tashqari, shaxs sifatida ham muhim 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin