Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
406
TAHLIL VA NATIJALAR
Maktab o‘quvchilarining iroda kuchini aniqlash maqsadida 15 ta savoldan iborat
bo‘lgan N.N.Obozovning “O‘zining iroda kuchiga baho berish”
metodikasi
qo‘llanildi. Tadqiqotda 20 nafar 8-sinf o‘quvchisi ishtirok etdi.
N.N.Obozovning “O‘zining iroda kuchiga baho berish” metodikasi.
Metodika
15 ta savoldan iborat bo‘lib, “Ha” javob variantiga - 2 ball, “Bilmayman” yoki
“Ba’zan” javob variantiga – 1 ball, “Yo‘q” javob variantiga – 0 ball beriladi. Shuni
unutmaslik kerakki, savolnomada yaxshi va yomon javoblar yo‘q. Savollarga javob
berishda ob’yektivlik bilan yondashish va xayolga kelgan birinchi javobni yozish
talab etiladi.
T/r
S a v o l n o m a
1.
Vaqt va vaziyat undan uzoqlashishni va yana unga qaytishni taqozo qiladigan, sizga qiziqarli
bo‘lmagan boshlangan ishni oxiriga yetkazishga qodirmisiz?
2.
Sizga yoqmaydigan nimanidir qilish kerak bo‘lsa, ichki qarama-qarshiliklarni
ortiqcha
urinishlarsiz yenga olasizmi (masalan, dam olish kuni navbatchilikka borish)?
3.
Ishda yoki maishiy hayotda ziddiyatli vaziyatlarga duch kelganingizda, o‘zingizni qo‘lga
olishga qodirmisiz?
4.
Agar sizga parhez belgilangan bo‘lsa, uni buzmaslikka kuch topa olasizmi?
5.
Agar kechqurun ertalab turish rejalashtirilgan bo‘lsa, odatdagidan vaqtliroq turishga kuch
topasizmi?
6.
Guvohlik ko‘rsatmasi berish uchun voqea sodir bo‘lgan joyda qola olasizmi?
7.
Xatlarga tez javob berasizmi?
8.
Agar sizda samolyotda uchish yoki stomatolog ko‘rigidan o‘tish qo‘rquv hissini vujudga
keltirsa, hech qanday qiyinchiliksiz
bu hissiyotni yengib, oxirgi lahzagacha o‘zingizning
fikringizni o‘zgartirmasdan tura olasizmi?
9.
Shifokor tavsiya qilgan yoqimsiz dorini qabul qila olasizmi?
10.
Agar berilgan va’dani bajarish ko‘pgina ovoragarchilikka olib kelsa ham, qiziqqonlik bilan
bergan va’dangizning ustidan chiqa olasizmi?
11.
Notanish shaharga safarga, zarur bo‘lganda ikkilanishsiz otlanasizmi?
12.
Uyqudan uyg‘onish, ovqatlanish, mashg‘ulotlar, uy yumushlari va boshqa ishlarni bajarishda
tartibga qat’iy amal qilasizmi?
13.
Kutubxonadan qarzdorlarga nisbatan salbiy munosabat bildirasizmi?
14.
Eng qiziqarli teleko‘rsatuv ham Sizni zarur ishni bajarishdan chalg‘ita olmaydi. Shundaymi?
15.
Qarshi tomonning so‘zlari sizni qanchalik xafa qilmasin, baribir Siz janjalni to‘xtatishga va
indamaslikka qodirmisiz?
Ma’lumotlarni izohlash va qayta ishlash.
Agar siz 0 dan 12 ballgacha to‘plagan
bo‘lsangiz, unda sizda iroda kuchi qoniqarsiz. Sizga nima oson va qiziqarli bo‘lsa,
faqat
shuni bajarasiz, majburiyatlarga qo‘l uchida munosabatda bo‘lasiz va bu turli
ko‘ngilsizliklarning sababi bo‘lishi mumkin.