Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
409
XULOSA
O‘smirlarda iroda sifatlarini tarbiyalash zamonaviy pedagogik psixologiyaning
muhim masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Zero, o‘smirlik davri bu - o‘tish davri
bo‘lib, yosh inqirozini boshdan kechirish, o‘zini ma’lum darajada kattalardek his
etish, shu sharoitda kattalar tomonidan uning yetarli darajada tan olinmasligi holatlari
o‘smirlarda turli psixologik muammolarni keltirib chiqarishi kuzatiladi. Bular esa
aynan iroda sifatlarini yangicha tafakkur sharoitida ilmiy-psixologik nuqtai nazardan
tadqiq etish, o‘rganishni taqozo qiladi.
Shu munosabat bilan amalga oshirilgan mazkur bitiruv malakaviy ishida o‘smir
shaxsi, ushbu yoshda namoyon bo‘ladigan va uni tarbiyalash zarur bo‘lgan irodaviy
sifatlar, xossalar hamda xususiyatlarning psixologik tabiati, unga ta’sir etish yo‘l va
usullari, korreksiyasi bilan bog‘liq turli psixologik usullarni ishlab chiqish borasida
tadqiqot ishi olib borildi va quyidagi xulosalarga kelindi.
1.
Irodani inson tomonidan o‘z xulqi va faoliyatini ongli ravishda boshqarish
tuzilmasi sifatida baholash mumkin, zero, iroda maqsadga yo‘naltirilgan hatti-harakat
va xulq-atvorning amalga oshishida tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengib o‘tishga
imkon yaratadi.
2.
Ijtimoiy yo‘nalganlik shaxsning motivasion-irodaviy xislati sifatida o‘z
ifodasini topadi, o‘quvchi shaxsining irodaviy jarayonlari, holatlari, xislatlari
faoliyatining motivlari va maqsadini amalga oshirishning o‘ziga xos usuli sifatida
yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: