Asr oshgan asarlar


qulab ketayotgan tog‘ni yolg‘iz u tutib qola biladi! Eng



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   161
Navoiy romani. Oybek

qulab ketayotgan tog‘ni yolg‘iz u tutib qola biladi! Eng
sovuqqon, eng mantiqli odamlar bu m o‘’jizaga
ishonardilar. Lekin bu falokatli daqiqalarda Alisher
y o ‘q edi. Hammaning ko‘zi Mashhad yo‘liga intizor
edi.
Uchinchi kun Alisherning oti shahar darvozasidan
kirishi bilanoq bu xushxabar hammaga tarqaldi.
Sultonmurod xonaqohdagi hujrasini qulflashni ham
unutib, yugura ketdi.
«Unsiya»da — Navoiyning xonasida, uning har
vaqtgi hamsuhbatlari, yaqinlaridan tashqari, bir ko‘p
shoirlar, olimlar bor edi. Navoiy har vaqt o ‘tiradigan
joyida, darichaning tagida o ‘tirardi. U zohiran sokin
edi. Sultonmurod qalbiy sog‘inch bilan qari shoirning
kuchsizlashgan, nozik qo‘llarini siqarkan, uning dono
ko‘zlarida qayg‘u ko‘rdi. Bu qayg‘u uning yelkalaridan
ham bosib, shoirni buklab qo‘ymoqchiday edi.
Sultonmurod bu yerdagi yoshlarning eng yoshi
bo‘lgan, aqlli ko‘zlarini Navoiydan uzmay, shoirning
har so‘zini uqib olishga, har bir harakatini o ‘z fikriga
chizishga intilgan Xondamirning yoniga o ‘tirdi.
Navoiyning ruhi hozirgina eshitgan fojianing iskanjasi
ostida edi. U yurak yarasini qonatmaslikka uringan-
day, u-bu haqda qisqa, g o ‘yo g‘ayrishuuriy ravishda
gapirib qo‘yar yoki u-bu to ‘g‘rida ko‘ziga to ‘g‘ri kel-
gan odamdan savol so‘rar edi. Nihoyat, uzoq sukut-
dan keyin, qayg‘uli ko‘zlarini ko‘tarmasdan, fikrning
haddiga yetganiga ishongan faylasuf kabi, o ‘z-o‘zi
bilan so‘zlashgandek, gapirdi. Keyin ovozi borgan sari
kuchliroq to ‘lqin bilan yangray boshladi.
— 
Bu mash’um hodisa qarshisida, — dedi u, —
fikr, mulohaza yuritgan inson afsus va nadomat bilan
452



Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin