Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

ko‘nikmalarga
ega bo‘lishi lozim



268 
FANNI O ’RGANISH BO’YICHA BOSHQA MATERIALLAR 
KEYSLAR BANKI 
Keys №1: Pedagogik nizo va uni hal etish yo‘llari 
Ma’lum muddat tibbiy davolanishda bo‘lib, yangi o‘quv yilidan yana qaytadan ishga 
qaytgan “Kasbiy ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi N.Xafizov menejment bakalavriat ta’lim 
yo‘nalishi 303 guruhida kasbiy pedagogika fanidan seminar mashg‘ulotini o‘tkazayotgan edi. 
Seminar mashg‘ulotida talabalarni kichik guruhlarda ishlashlarini tashkillashtirdi. Talabalar 
kichik guruhlarda ishlarni davom ettirayotgan bir paytda, mashg‘ulot boshlanganiga o‘ttiz daqiqa 
bo‘lganida mazkur guruh talabasi A.Petrova eshiqni ochib, auditoriyaga kirishga ruxsat so‘radi. 
O‘qituvchi esa mashg‘ulot boshlanganiga ancha vaqt bo‘lganini, u bir necha marotabadan 
bo‘yon kechikib kelayotganini aytib, mashg‘ulot vaqtida kechga qolgan talaba A.Petrovaning 
auditoriyaga kirishiga ruxsat bermadi. Talaba esa, auditoriyadan chiqib ketishni xohlamadi. 
O‘qituvchi undan auditoriyadan chiqib ketishni talab etdi va oxir-oqibat xonadan chiqarib 
yubordi. Ertasi kuni auditoriyaga kiritilmagan qizning onasi nomidan fakultet dekanatiga 
shikoyat xati kelib tushdi. SHikoyat xatida talaba-qizning onasi homilador ekanligiga 
qaramasdan va har qanday holatda ham o‘qituvchi talabani mashg‘ulotga kiritmasdan, uni turtib 
auditoriyadan chiqarib yuborgani pedagogik etika zid ish ekanligi, o‘qituvchining 
kompetentligini aniqlash uchun Davlat test markazidan xolis ekspertlar chaqirib, sinovdan 
o‘tkazish va shikoyatga yozma ravishda javob qaytarish, agar kerakli chora ko‘rilmasa, yuqori 
tashkilotlarga murojaat qilishi haqidagi talabni qo‘ygan edi. Ertasi kuni fakultet dekani va 
o‘rinbosari N.Xafizovni bu haqida ogohlantirdi. O‘qituvchi esa dekanga u hech qanday ortiqcha 
harakat qilmagani, talaba qiz hamma vaqt darsga kechikib kelishini aytib qo‘pol munosabatda 
bo‘ldi. Bir hafta muddat o‘tib, dekan kafedra mudiridan mazkur masalani yig‘ilishda muhokama 
qilib, qaror chiqarib berishni so‘radi.
Kafedra majlisida mazkur masala muhokama etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari har 
qanday vaziyatda ham N.Xafizovni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi. Biroq talaba-qizning 
homilador ekanligini hisobga olib, undan uzr so‘rash haqidagi taklifni kiritishdi. N.Xafizovga 
so‘z berilganda esa, u pedagoglik odobiga zid hech qanday xatti-harakat sodir etmaganligini, 
talaba-qizdan uzr so‘ramasligini bildirdi. Oradan bir hafta muddat o‘tib, N.Xafizov kafedra 
mudirining ishdan bo‘shamasligi haqidagi iltimosiga karamasdan, o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan 
ozod etildi.
YUqorida keltirib o‘tilgan vaziyatni tahlil eting. Siz N.Xafizovning o‘rnida bo‘lganingizda 
qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz? N.Xafizovning ishdan bo‘shab ketishi to‘g‘ri bo‘ldimi?

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin