269
Keys yechimi uchun taklif etilgan g‘oyalar taqdimoti uchun chizma namunasi
Muammo (asosiy va kichik
muammolar)
Yechim
Natija
Keys №2. Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish
Hammamizga yaxshi ma’lumki, oliy ta’limda seminar mashg‘ulotlari talabalarda
o‘rganilgan
materiallarni mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirishda muhim
ahamiyatga ega. Seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazilish tartibiga e’tibor qarataylik. Odatda,
seminar mashg‘ulotlarini assistent o‘qituvchilar olib borishadi. Seminar mashg‘ulotlarini ham
tashkil etishda xilma-xil yondashuv mavjud. Ba’zi professor-o‘qituvchilar mashg‘ulot jarayonida
tayyorlanib kelgan talabalardan so‘raydi, ularni baholab qo‘yish bilan cheklanadi.
Kimdir
ommaviy tarzda savol-javob o‘tkazish orqali maqsadga erishishga harakat qiladi. Biroq reyting
tizimi qoidasiga ko‘ra, har bir seminar mashg‘ulotida talabalarning
bilimini tekshirib,
belgilangan mezon doirasida hammaning ball olishiga erishish lozim. Lekin ko‘pchilik
o‘qituvchilar bunga erishish imkoniyati yo‘q, deb hisoblashadi. Ayrimlar esa talabalar yozib
kelgan konspekt va faolliklariga asoslangan holda ball qo‘yib berish mumkin, deb hisoblashadi.
Dostları ilə paylaş: