часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
октябрь
, 2022
г
842
1-rasm. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkasining o‘zgarish
tendentsiyasi (%) da.[2]
2.3-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, yuridik shaxslarning mol- mulkiga solinadigan
soliq stavkasi o‘zgarish tendentsiyasiga ega bo‘lib 2011-2013-yillarda 3,5 fozini, 2014-
2015-yillarda 4,0 foiz, 2016-2018-yillarda 5,0 foiz miqdorida hisoblangan bo‘lsa, 2019-
yildan ko‘chmas mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga nisbatan 2 foiz miqdorida
belgilanib, 2018-yildagi soliq stavkasiga nisbatan 3 foizli punktga pasaytirildi.
Ta’kidlash joizki, qurilishi normativ muddatda tugallanmagan ob’ektlarga nisbatan
soliq stavkasi 4 foiz miqdorida belgilanadi.
Bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun
mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek tugallanmagan qurilish ob’ektlariga nisbatan
qonun hujjatlarida oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo‘li bilan ta’sir choralari
qo‘llanilishi mumkin hamda Soliq kodeksining 414-moddasida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari
ularga tatbiq etilmaydi.
2021-yil 1-yanvardan soliq stavkasi quyidagilarga nisbatan 0,4 foiz
miqdorida belgilandi:
1)
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish
liniyalari, shuningdek mazkur ob’ektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar;
2)
konservatsiya qilinishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori qabul qilingan ko‘chmas mulk va tugallanmagan qurilish ob’ektlari.
Soliq kodeksiga muvofiq, mulkida soliq solish ob’ekti deb tan olinadigan mol-mulki
bo‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
ADABIYOTLAR:
1. Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодекси
2. Алимов Р.Х., Беркинов Б.Б. ва бошқалар. Кўчмас мукни баҳолаш.
“Фан”. Т.: 2005 й. 240 б
3. Тэпман Л.Н. Оценка недвижимости. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2003.-133 с
4. Алимов Р.Х., Беркинов Б.Б. ва бошқалар. Кўчмас мукни баҳолаш.
“Фан”. Т.: 2005 й. 240 б
5. Алимов Р.Х., Беркинов Б.Б. ва бошқалар. Кўчмас мукни баҳолаш.
“Фан”. Т.: 2005 й. 240 б
6. Тўйчиев Н.Ж., Мирхошимов А.М., Плахтий К.А. Кўчмас мулкни
баҳолаш асослари. Ўқув қўлланма. - Тошкент: Адолат, 2000, - 280 б.
Dostları ilə paylaş: |