1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/65
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi

 
Konsepsiyasi............................................................................... 
 

3.2.
 
Maktab bitiruvchilariga musi
qa madaniyati fani bo‘yicha 
qo‘yiladigan talablar......................................................................
 
 
16 
3.3. 
Musiqa fani bo‘yicha o‘quvchilarga sinflar kesimida qo‘yiladigan 
talablar..................................................................... 
 
18 

MUSIQA MADANIYaTI FANI O‘QUV DASTURLARI................ 
21 
4.1.
 
Musiqa madaniyati, 1-sinf............................................................
 
22 
4.2 Musiqa madaniyati, 2-sinf............................................................
25 
4.3 Musiqa madaniyati, 3-sinf............................................................
29 
4.4 Musiqa madaniyati, 4-sinf............................................................... 31 
4.5 Musiqa madaniyati, 5-sinf............................................................... 35 
4.6 Musiqa madaniyati, 6-sinf............................................................... 38 
4.7 Musiqa madaniyati, 7-sinf............................................................... 42 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Лойиҳа


 
 

umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
1. AMALIY FANLAR TAVSIFI
Amaliy fanlar blok-
moduli o‘z ichiga Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at, 
Chizmachilik, Texnologiya, Jismoniy tarbiya va Chaqiriqqa qadar 
boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv predmetlarini qamrab oladi hamda o‘zaro 
aloqadorligini ta’minlaydi.
O‘quvchilarni ma’naviy dunyosini boyitish, borliqni idrok etishda uning 
yaxlitligi, takrorlanmasligi va uyg‘unligini anglash, hayotiy tasavvurini amaliy 
faoliyatida ifodalash orqali tafakkurini o‘stirish, ijodkorlikni rivojlantirish, 
innovatsion g‘oyalarni yaratish hamda kundalik hayotga tadbiq etishga 
o‘rgatish amaliy fanlar blok-moduli orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, o‘quvchilarni ma’naviy, badiiy, ahloqiy madaniyatini 
rivojlantirib, ijodiy mahorat, badiiy-
estetik didini o‘stirishda, kasb-hunarga 
yo‘naltirish bilan birga, jismonan baquvvat bo‘lib, sog‘lom turmush tarziga 
amal qilish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va hayotiy ko‘nikmalarni 
rivojlantirish Amaliy fanlar tarkibida olib boriladi. 
Yuqori texnikaviy-
texnologik innovatsiyalar, ma’lumotlar oqimining o‘sib 
borishi hayotning barcha jabhalarida to‘rtinchi texnologik inqilobni yuzaga 
keltirmoqda. Shaxsning qiziqishlari va jamiyatning talablari o‘zgarmoqda. 
Kundalik hayotni ilmiy-tadqiqot, texnika taraqqiyoti konsepsiyalari bilan 
ta’limning integrativ yondashuvini STEAM ta’limi joriy etadi. Bunday 
yondashuvdan maqsad - 
ta’lim berish orqali butun dunyo taraqqiyoti va 
iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda maktab, jamoatchilikni 
jalb qilib, ilmiy savodxonlik, raqobatbardoshlikni targ‘ib qilishga qaratilgan. 
Ilgari mehnat darslarida qizlar faqat fartuk tikishni, o‘g‘il bolalar yog‘ochga va 
metalga ishlov berishni, tasviriy san’at va chizmachilik darslarida rasm va 
chizmalar qalam bilan qo‘lda chizishni o‘rganishgan bo‘lsa, hozirgi kunda 
buning o‘zi yetarli bo‘lmay qoldi. Bugungi kunda butun dunyo maktab 
o‘quvchilarini 
robototexnika, 
modellashtirish, 
konstruksiyalashtirish, 
programmalashtirish, 3D-
loyihalashtirish va boshqa ko‘plab yangiliklar 
qiziqtirmoqda. 
Bunday qiziqishlarni amalda sinab ko‘rish uchun yanada murakkabroq 
bilim, ko‘nikma, malakalarni egallash va kompetensiyalarni shakllantirish 
zarur bo‘ladi. Bu o‘rinda nafaqat bilish va uddalay olish balki, tadqiqot olib 
borish va ixtiro qilish talab etiladi.
STEAM-
ta’limi DTS asosida beriladigan bilim, ko‘nikma va 
malakalarning ilmiy jihatdan qanday qilib kundalik 
hayot bilan bog‘liqligini 
ko‘rsatish orqali sinfdagi dars mashg‘ulotlari va maktabdan tashqari ta’lim 
jarayonida o‘quvchilarning o‘quv tadqiqotlarini o‘tkazish, tajribalarni bajarib 
ko‘rish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar 
yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin