1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/65
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160183
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi

 
 

umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
3. UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA MUSIQA MADANIYATI FANINI O‘QITISH 
 
 
3.1. MUSIQA MADANIYATI FANINI O‘QITISh
 
KONSEPSIYASI 
 
1-bob. UMUMIY QOIDALAR 
1. 
 
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida Musiqa madaniyati 
fanini 
o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 
2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi, 
O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-sonli Farmoni 
asosida qabul qilingan 
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 
yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasi”, 2025 yilgacha O‘zbekiston sanoatining 
rivojlanishi 
konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida 
belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
2. 
Konsepsiya umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati 
fanini o‘qitishni rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab beradi. 
Jumladan: 
ta’lim sohasini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim tajribasi va 
milliy xususiyatlarni hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni 
hisobga olgan holda takomillashtirish; 
musiqa madaniyati fani davlat 
ta’lim standarti talablarining ta’lim sifati va 
kadrlar tayyorlashga 
qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash; 
musiqa madaniyati fani 
bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 
bitiruvchilariga 
qo‘yiladigan malaka talablarini amaliyotga tatbiq etish; 
musiqa madaniyati fani mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek 
o‘qitish 
metodikasini 
takomillashtirish, 
ta’lim-tarbiya 
jarayoniga 
individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; 
musiqa madaniyati fani mazmuni, mustaqil hayotda 
qo‘llash imkoniyati 
bo‘lgan 
musiqiy 
savodxonlikni, 
tanqidiy 
fikrlash 
va 
ijodkorlik 
kompetensiyalarini shakllantirish; 
musiqa madaniyati fanini o‘qitishda variativ o‘quv modullarini ishlab 
chiqish;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar asosida tarbiyalash; 
o‘quvchilarda san’atni sevish, estetik madaniyatni shakllantirish, 
madaniy meros va milliy qadriyatlarga chuqur hurmat hissini tarbiyalash; 
o‘quvchilarda mustaqil, ijodiy va innovatsion fikrlashni shakllantirish, 
o‘zini-o‘zi rivojlantirish qobiliyatini tarkib toptirish. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin