1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/65
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160183
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi

 
 
11 
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
darsliklarda o‘quvchilarni faollashtirishga doir savol va o‘quv topshiriqlari 
berilgan, biroq, refleksiv, o‘zini o‘zi rivojlantirish va baholash ta’lim 
texnologiyalari, badiiy-
estetik tahlilga asoslangan o‘quvchilarning yosh va 
psixologik xususiyatiga mos tashxis vositalaridan samarali foydalanilmagan. 
mavzular izchillikda tizimlashtirilmagan va ayrim juda ilmiy atamalar 
qo‘llanilgan. 
 
3-bob. MUSIQA MADANIYATI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI 
3.1. Musiqa madaniyati fanining maqsadi 
– o‘quvchilarda san’at, badiiy-
estetik 
va 
ijtimoiy-
emotsional ko‘nikmalar, milliy, umummadaniy 
qadriyatlarga asoslangan shaxsiy fazilatlar, amaliy ko‘nikmalarni 
rivojlantirishdir. 
3.2. Musiqa madaniyati fanining vazifalari: 
musiqiy xotira, diqqat, tasavvur, harakatlar koordinatsiyasi kabi 
psixologik faoliyatlarni shakllantirish, badiiy va musiqiy didni rivojlantirish; 
o‘zbek va jahon kompozitorlari asarlarini tinglab, idrok etishga o‘rgatish, 
kuy ohangini, ifoda vositalarini xis qilish;
musiqa savodiga oid nazariy bilim (kalit so‘zlar)larni bilish va amalda 
qo‘llash; 
kuy va qo‘shiqlarni tinglash orqali tuzilishi, janr (ommaviy va 
professional) jihatlarini bir-
biridan ajrata olish ko‘nikmalarini shakllantirish; 
musiqa madaniyati fanining moddiy-texnik 
ta’minotini mustahkamlash, 
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan
ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 
vokal-
jamoa bo‘lib kuylash malakalarini rivojlantirish: xalq og‘zaki 
ijodining professional janri, milliy maqom ijrochilik san’atining mahalliy 
uslublari haqidagi boshlang‘ich bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
musiqa madaniyati fanining ilmiy 
metodik ta’minotini rivojlantirish;
musiqa madaniyati fanining moddiy-
texnik ta’minotini mustahkamlash, 
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab 
chiqish; 
malaka talablarini, shuningdek yangilangan ta’lim standartlarini joriy 
etish uchun egallanadigan ko‘nikmalarni aniqlashning yangi usullarini joriy 
etish; 
fanning mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, malaka talablari va 
shakllantiriladigan kompetensiyalardan kelib chiqqan holda baholash tizimini 
ishlab chiqishdan iborat. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin