1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/65
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi

Musiqa madaniyati 
o‘quv predmeti o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy 
va ahloqiy madaniyatini rivojlantirishga, milliy g‘urur va vatanparvarlik 
tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni 
Лойиҳа


 
 

umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
o‘stirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘zbek, klassik va zamonaviy san’at 
haqidagi boshlang‘ich bilimlarni o‘zlashtirish, musiqiy asarlarni tinglab 
tushunish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda hayotda 
qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Tasviriy san’at 
o‘quv predmeti o‘quvchilarda tasviriy savodxonlikni 
rivojlantirishga, badiiy-estetik tafakkur va emotsional sezgirlikni 
o‘stirish orqali ijtimoiy hayotda zarur bo‘lgan bilimlarni egallashga 
xizmat qiladi.
Texnologiya 
o‘quv predmeti o‘quvchilarda texnik ijodkorlikni
qobiliyatni, tafakkurni rivojlantirish, dars jarayonida tabiiy, metall va 
metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini 
o‘rgatish orqali kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, 
hunarmandchilik asoslari, ishlab chiqarish va ro‘zg‘orshunoslik asoslari, 
elektrotexnika ishlari, elektronika asoslari, ijodiy loyiha tayyorlash 
texnologiyasi, kasb-
hunarga yo‘llash bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma 
va malakalarini hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan. 
O‘quv predmetini o‘qitish orqali o‘quvchilarning texnik ijodkorlik qobiliyati
kreativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. 
Chizmachilik 
o‘quv predmeti o‘quvchilarning grafik savodxonligi, 
fazoviy tasavvuri va tafakkurini rivojlantirishga, texnik detal va 
buyumlarning chizmalarini o‘qish va uni tuzish qobiliyatlarini 
shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘quv predmetida o‘quvchilarning 
fazoviy tasavvurini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin