4
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
1. AMALIY FANLAR TAVSIFI
Amaliy fanlar blok-
moduli o‘z ichiga Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at,
Chizmachilik,
Texnologiya, Jismoniy tarbiya va Chaqiriqqa qadar
boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv predmetlarini qamrab oladi hamda o‘zaro
aloqadorligini ta’minlaydi.
O‘quvchilarni ma’naviy dunyosini boyitish, borliqni idrok etishda uning
yaxlitligi, takrorlanmasligi va uyg‘unligini anglash, hayotiy tasavvurini amaliy
faoliyatida ifodalash orqali tafakkurini o‘stirish,
ijodkorlikni rivojlantirish,
innovatsion g‘oyalarni yaratish hamda kundalik hayotga tadbiq etishga
o‘rgatish amaliy fanlar blok-moduli orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, o‘quvchilarni ma’naviy, badiiy, ahloqiy madaniyatini
rivojlantirib, ijodiy mahorat,
badiiy-
estetik didini o‘stirishda, kasb-hunarga
yo‘naltirish bilan birga, jismonan baquvvat bo‘lib, sog‘lom turmush tarziga
amal qilish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va hayotiy ko‘nikmalarni
rivojlantirish Amaliy fanlar tarkibida olib boriladi.
Yuqori texnikaviy-
texnologik innovatsiyalar, ma’lumotlar oqimining o‘sib
borishi hayotning barcha jabhalarida to‘rtinchi
texnologik inqilobni yuzaga
keltirmoqda. Shaxsning qiziqishlari va jamiyatning talablari o‘zgarmoqda.
Kundalik hayotni ilmiy-tadqiqot, texnika taraqqiyoti konsepsiyalari bilan
ta’limning integrativ yondashuvini STEAM ta’limi joriy etadi. Bunday
yondashuvdan
maqsad -
ta’lim berish orqali butun dunyo taraqqiyoti va
iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda maktab, jamoatchilikni
jalb qilib, ilmiy savodxonlik, raqobatbardoshlikni targ‘ib qilishga qaratilgan.
Ilgari mehnat darslarida qizlar faqat fartuk tikishni, o‘g‘il bolalar yog‘ochga va
metalga
ishlov berishni, tasviriy san’at va chizmachilik darslarida rasm va
chizmalar qalam bilan qo‘lda chizishni o‘rganishgan bo‘lsa, hozirgi kunda
buning o‘zi yetarli bo‘lmay qoldi. Bugungi kunda butun dunyo maktab
o‘quvchilarini
robototexnika,
modellashtirish,
konstruksiyalashtirish,
programmalashtirish, 3D-
loyihalashtirish va boshqa ko‘plab
yangiliklar
qiziqtirmoqda.
Bunday qiziqishlarni amalda sinab ko‘rish uchun yanada murakkabroq
bilim, ko‘nikma, malakalarni egallash va kompetensiyalarni shakllantirish
zarur bo‘ladi. Bu o‘rinda nafaqat bilish va uddalay olish balki, tadqiqot olib
borish va ixtiro qilish talab etiladi.
STEAM-
ta’limi DTS asosida beriladigan bilim, ko‘nikma va
malakalarning ilmiy jihatdan qanday qilib kundalik
hayot bilan bog‘liqligini
ko‘rsatish orqali sinfdagi dars mashg‘ulotlari va maktabdan tashqari ta’lim
jarayonida o‘quvchilarning o‘quv tadqiqotlarini o‘tkazish, tajribalarni bajarib
ko‘rish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan
ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar
yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: