1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
9 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi 3. UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA MUSIQA MADANIYATI FANINI O‘QITISH 3.1. MUSIQA MADANIYATI FANINI O‘QITISh KONSEPSIYASI 1-bob. UMUMIY QOIDALAR 1.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida Musiqa madaniyati
fanini
o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasining
2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi,
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-sonli Farmoni
asosida qabul qilingan
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi”, 2025 yilgacha O‘zbekiston sanoatining
rivojlanishi
konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida
belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
2.
Konsepsiya umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati
fanini o‘qitishni rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab beradi.
Jumladan:
ta’lim sohasini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim tajribasi va
milliy xususiyatlarni hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni
hisobga olgan holda takomillashtirish;
musiqa madaniyati fani davlat
ta’lim standarti talablarining ta’lim sifati va
kadrlar tayyorlashga
qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash;
musiqa madaniyati fani
bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
bitiruvchilariga
qo‘yiladigan malaka talablarini amaliyotga tatbiq etish;
musiqa madaniyati fani mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek
o‘qitish
metodikasini
takomillashtirish,
ta’lim-tarbiya
jarayoniga
individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
musiqa madaniyati fani mazmuni, mustaqil hayotda
qo‘llash imkoniyati
bo‘lgan
musiqiy
savodxonlikni,
tanqidiy
fikrlash
va
ijodkorlik
kompetensiyalarini shakllantirish;
musiqa madaniyati fanini o‘qitishda variativ o‘quv modullarini ishlab
chiqish;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy
qadriyatlar asosida tarbiyalash;
o‘quvchilarda san’atni sevish, estetik madaniyatni shakllantirish,
madaniy meros va milliy qadriyatlarga chuqur hurmat hissini tarbiyalash;
o‘quvchilarda mustaqil, ijodiy va innovatsion fikrlashni shakllantirish,
o‘zini-o‘zi rivojlantirish qobiliyatini tarkib toptirish.