O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/69
tarix24.10.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#160199
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69
Dinshunoslik

Diniy tizim 
deb g‘ayritabiiy kuchga ega, tabiat va jamiyatdagi 
hodisalar rivojlanishini belgilaydigan, ishlab chiqarish sohalariga homiylik 
qiladigan va ijtimoiy hayotdagi mavqei bilan o‘zaro farq qiladigan qudratli 
xudolarning mavjudligiga ishonishga aytiladi. 
Qudratli xudolarga sig‘inish diniy tizimning asosini tashkil etsa-da, u 
bir qadar kengroq tarkibiy tizimga ega. Bu borada, birinchi navbatda, 
ibtidoiy din shakllarining unga ta’sirini hisobga olish talab qilinadi, chunki 
yangilik o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi, balki ijtimoiy taraqqiyotni aks 
ettiruvchi zanjirning bir halqasi hisoblanadi. Bunda ijtimoiy ong darajasini 
ham hisobga olish zarur. Oddiy xalq vujudga kelayotgan yangi diniy 
tizimga o‘zining kundalik tasavvurlari, hayot normalari, urf-odatlari va 
an’analarini ham olib kiradi. Bu munosabatlar diniy tizimda o‘tmish 
qoldiqlarining saqlanishini ta’minlash bilan birga, jamiyatda mustahkamla-
nib qolishiga ko‘maklashadi.
Diniy tizimdagi o‘tmish qoldiqlariga turli xil xurofiy qarashlar
sehrgarlik usullaridan foydalanish, belgilarga ishonish va shu kabilarni 
misol qilib keltirishimiz mumkin. Lekin ularga o‘tmish qoldiqlari deb 
e’tiborsizlik bilan munosabatda bo‘lish noto‘g‘ri. O‘tmishdan saqlanib 
qolgan ta’sirlar mazmunan keskin o‘zgarib, yangilikning muhim qismiga 
aylanishi mumkin. Masalan, ibtidoiy jamiyatdagi ruhlarga sig‘inish diniy 
tizimlarda ruhning ko‘chishi (buddaviylikda) va abadiyligi (xristianlik va 
islom dinlarida) to‘g‘risidagi aqidalarga asos bo‘ldi. Demak, o‘tmishning 
ta’siri nafaqat xurofiy qarashlar misolida yangilikda saqlanib qoladi, balki 
uning muhim tarkibiy qismiga aylanishi mumkin. 
Diniy tizimning shakllanishida diniy kompleks katta ahamiyatga ega 
bo‘lsa ham, eski diniy qarashlardan sifat jihatdan farq qiladi. Uning muhim 
farqlaridan biri shundaki, diniy kompleks asosiy va asosiy bo‘lmagan 
qismlarga bo‘linmaydi. Ibtidoiy jamiyat qabilasida diniy kompleksning bir 
turi boshqalariga nisbatan ko‘proq qo‘llanilsa ham, uning boshqa turlari bu 
yerda ahamiyatini yo‘qotgan, degan xulosaga kelish xatodir. Chunki diniy 
kompleksning alohida bir turining qabiladagi ustuvorligi nisbiy bo‘lib, u o‘z 
38


o‘rnini osonlik bilan boshqasiga bo‘shatib berishi mumkin. Diniy tizimda 
xudolar jamiyatdagi mavqei jihatidan guruhlarga bo‘linadi. Har bir 
guruhning aniq belgilangan vazifalari mavjud. Qudratli xudolar diniy 
tizimning eng yuqori bo‘g‘inini tashkil etadi va ularga boshqa qismlar 
bo‘ysundiriladi. G‘ayritabiiy kuchlar o‘rtasidagi munosabatlar sinfiy jamiyat-
dagi kabi quyidan yuqoriga bo‘ysunish tamoyili asosida tashkil etiladi.
Diniy tizimning muhim xususiyatlaridan yana biri diniy tashkilotning 
mavjudligidir. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi ta’sirida aholi 
punktlari yiriklashib borgan, ma’muriy, hunarmandchilik va savdo-sotiq 
markazlari hisoblanuvchi shaharlarning paydo bo‘lishi, diniy ta’limot, 
marosim va urf-odatlarning tobora murakkablashuvi kabilar ta’sirida diniy 
tashkilotlar – ibodatxonalar vujudga kelgan. Ibodatxonalar dinga aloqador 
vazifalarni amalga oshirish bilan birga iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
markaz sifatida ham faoliyat yuritgan. 
Diniy tizimlarda davlat boshlig‘ining mavqei yuqori bo‘lib, uning 
shaxsi ilohiylashtirilib, xudo darajasiga ko‘tarilgan. Ta’kidlash joizki, 
hukmdorning shaxsini ilohiylashtirish amaliyoti barcha xalqlarda 
qo‘llanilmagan. Bu faoliyat ko‘proq siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Davlat tuzumini mustahkamlash yoki barqarorligini ta’minlash maqsadida 
aholining ongiga mavjud siyosiy tartib xudoning irodasi bilan vujudga 
keltirilgan, hukmdor esa xudoning nazari tushgan shaxs, ya’ni yerdagi 
vakili degan g‘oyalar singdirilgan. 
Xulosa sifatida aytish mumkinki, diniy tizim diniy kompleksning 
mantiqiy davomi, ijtimoiy taraqqiyotning obyektiv hosilasi sifatida paydo 
bo‘lgan. Qudratli xudolarga e’tiqod qilish yangi ijtimoiy-siyosiy 
tuzumning mafkurasi vazifasini bajarish bilan birga madaniyatning 
rivojlanishiga ham xizmat qilgan. 
Insoniyat tarixida ilk diniy tizimlar vujudga kelgan qadimgi 
markazlardan biri Mesopotamiya (Ikki daryo oralig‘i)dir. U yerda diniy 
tizim miloddan avvalgi IV va III ming yilliklar chegarasida paydo bo‘lgan. 
Mesopotamiyada diniy tizimning paydo bo‘lishi va rivojlanishini 
o‘rganishda ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlarni hisobga olish talab etiladi. 
Mintaqada Qadimgi Sharqning boshqa markazlaridan farqli o‘laroq, ayrim 
istilochi hukmdorlar (Sargon, Xammurapi) siyosiy rejimlarini hisobga 
olmaganda, kuchli, barqaror, markazlashgan davlat tashkil topmagan. 
Mintaqadagi shahar-davlatlar o‘rtasida siyosiy hukmronlik uchun o‘zaro 
urushlar to‘xtovsiz davom etgan. Shuning uchun Mesopotamiyadagi 
siyosiy vaziyatning o‘ziga xosligi shahar-davlatlar hukmdorlarining 
mavqeiga ta’sir etgan. Bu yerda davlat boshliqlarining shaxsi ulug‘lanib, 
39


xudolar darajasiga ko‘tarilmagan, ularga «xudoning farzandi», «yerdagi 
xudo» degan unvonlar berilmagan. Mahalliy hukmdorlar bosh ruhoniy va 
xudo bilan bevosita aloqada bo‘luvchi vakil, diniy marosimlarga rahbarlik 
qiluvchi va xalqning iltijolarini xudoga yetkazuvchi vositachi hisoblangan.
Mesopotamiyada davlat boshliqlarini sakrallashtirish (lotincha 
sacer
– 
muqaddas degan ma’noni anglatadi)ning o‘ziga xosligi, mintaqada 
markazlashgan davlatning tashkil topmaganligi, xudolar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarga ham ta’sir etgan. Xudolar o‘zaro siyosiy hukmronlik 
uchun keskin kurash va raqobat girdobiga tortilmagan. Shu sababli bo‘lsa 
kerak, turli xudolarga sig‘inuvchi aholi tinch-totuvlikda yashagan, haqiqiy 
va soxta e’tiqod tarafdorlari o‘rtasida dushmanlik munosabatlari va 
to‘qnashuvlar vujudga kelmagan. 
Mesopotamiya diniy tizimi ko‘pxudolikka asoslangan. Mintaqadagi 
xudolarni, ijtimoiy hayotdagi ahamiyatiga ko‘ra, mahalliy va umumdavlat 
xudolariga bo‘lish mumkin. 
Mahalliy xudolarga har bir shahar, qishloq va mahallaga homiylik 
qiluvchi xudolarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Shahar, qishloq va 
mahallaning markazida unga homiylik qiluvchi xudoga bag‘ishlab 
sajdagoh (zikkurat) qurilgan. U konussimon shakldagi to‘rtburchak bino 
bo‘lib, tashqi ko‘rinishidan yuqoriga qarab qisqarib boradigan zinani 
eslatadi. Sajdagoh 3–7 qavat qilib pishiq g‘ishtdan qurilgan. Binoning 
yuqori qavatlariga zinalar yoki nishab shaklda qurilgan yo‘laklar orqali 
ko‘tarilgan. Odatda zikkuratning yuqori qavati osmon jismlari harakatini 
kuzatishga mo‘ljallangan observatoriya vazifasini bajargan. 
Odamlar homiy xudolariga sig‘inganlar, qurbonliklar qilganlar. Homiy 
xudo, qaysi sohaga ixtisoslashganligidan (osmon xudosi, yer xudosi, 
hosildorlik xudosi va hokazo) qat’i nazar, undan najot so‘rab murojaat 
qilgan odamga ilohiy yordam beradi deb hisoblangan. 
Ikki daryo oralig‘i xalqining ijtimoiy ongida umumdavlat xudolari 
qadimdan shakllana boshlagan. Afsonalarga ko‘ra, ilk shahar-davlatlar 
paydo bo‘lgan davrlarda Shumer panteoni (grekcha 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin