240
Musiqa tovushi-
musiqa birligi, u o‘zining ma‘lum balandligi,
qattiqligi , davomiyligi va tembri bilan ajralib turadi.
Musiqa faoliyati-
musiqa vositasida rivojlatirish jarayonida musiqa
faoliyatining barcha turlarini qo‘llash. Bolalar musiqa faoliyati turlari:
musiqani, uning harakati, o‘ziga xos ohanglari, obrazliligi va betakror
musiqa san‘tini «kuzatish», ya‘niy
idrok etish;musiqani tinglash, faol
musiqa amaliyoti(qo‘shiq aytish, musiqa asboblarini chalishdan
foydalangan holda);musiqani yaratish, ya‘niy musiqani tinglash va ijro
etishdan bilan bog‘liq bo‘lgan bolalar ijodiyoti. MTMda musiqa
faoliyatini tashkil etish turlari:frontal musiqa mashg‘ulatlari(kompleks,
mavzu bo‘yicha, yetakchi (dominant), an‘anaviy);
guruxiy individual
musiqa mashg‘ulotlari(ijodiy, musiqani eshtish iqtidori va ovozni
rivojlantirish, raqs harakatlari ni o‘zlashtirish, bolalarga musiqa
asboblarini chalishni o‘rgatish); musiqa zalidan tashqarida tashkil
etilgan musiqa muhiti (mustaqil
musiqa faoliyati, musiqa sadolari
ostida uyg‘onish, musiqali xordiq, ertalabki badantarbiya,
fizkultura
mashg‘ulotlari); bayram va ko‘ngilxushliklar(mavsumiy, mavzuviy,
folklor, o‘yinga asoslangan).
Musiqa shakli-
1)musiqa asarida muayan g‘oyaviy
-
badiy
mazmunni o‘zida mujassamlashtirgan ifoda vositalari majmui.
2)Musiqa asrining tuzilishi. Har bir asarda musiqa shakli o‘ziga xos,
individual xarakteriga ega, biroq uning turli ko‘lamdagi nisbatan
turg‘un
mavjud
-
davr, oddiy va murakab ikki qisimli shakli, uch
qisimli shakli, variasiyalar shakli, rondo, sonata shakli va h.q.. Musiqa
shaklining mazmun va tuzilishi jihatidan eng kichik shakli bu
ohangdir, bitta va undan ortiq ohanglar musiqaviy birikmani hosil
qiladi, birikmalardan jumlalar hosil bo‘ladi, ikkita jumla ko‘p hollarda
darni(u odatda 8 yoki 12 taktdan iborat bo‘ladi)tashkil qiladi. Davr
shaklida odatda musiqa asarining mavzusi bayon etiladi. Shunday qilib,
musiqa shaklining tarkibiy qisimlari o‘zaro chambarchas bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: