284
2-rasm. Samarqand viloyati, Samarqand tumani “Ohalik Lomann Parranda”
parrandachilik fabrikasida inkubatordan ochib chiqgan yosh jo‘jalarni yuqumli
kasalliklarga qarshi vaksinatsiya qilish jarayoni.
Tuxumlarni dezinfeksiya qilishdan tashqari inkubatorlarni
ham dezinfeksiya
qilish sog‘lom jo‘ja ochib chiqish samaradorligining muhim tamoyili hisoblanadi.
Buning uchun aholi xo‘jaliklarida foydalaniladigan inkubatorlarni turli fizik va
kimyoviy usullardan foydalanishimiz mumkin. Bularga inkubatorning ichki qismiga
ultrabinafsha lampasini kamida 20-30 daqiqa yoqib qo‘yish orqali,
formalinni kaliy
permonganat eritmasi bilan aralashtirish natijasida hosil bo‘lgan reaksiya
orqali, har
xil
turdagi
kimyoviy
preparatlar
va
dorixonalarda
sotiladigan
maxsus
dezinfektantlardan foydalangan holda inkubatorlarni dezinfeksiya qilish shular
jumlasidandir [6,8].
Inkubatordan ochib chiqgan jo‘jalarning o‘limiga sabab bo‘luvchi eng ko‘p
sabablar o‘rganilganda ularni eng avvalo noto‘g‘ri,
sifatsiz oziqlantirish, xona
haroratining me’yorida bo‘lmasligi (yuqori yoki past), noto‘g‘ri saqlash, infeksion
(yuqumli) va invazion (yuqumsiz) kasalliklar bilan kasallanishi,
har xil yot narsalar
bilan oziqlanishi (taxta qirindisi, axlat va hakozo) bilan izohlanadi.
Aslida inkubatorga qo‘yishdan oldin tuxumlarni yuvish tavsiya etilmaydi
(himoya qatlami yuviladi), ba’zi mualliflar peroksid eritmasi bilan dezinfeksiya qilish
va quritishni tavsiya qiladi. Ammo bu usul bilan katta parrandachilik
fabrikalarida
yaxshi samara bermaydi. Shuning uchun ushbu fabrikalarda quruq dezinfeksiya qilish
ishlari amalga oshiriladi. Shudan so‘ng tuxumlarni qo‘yishdan oldin +27
0
C darajaga
qadar qizdiriladi. Inkubatsiya tovuq tuxumlarida 21 kun davom etadi [1].