14
madaniyati pastligi.
Oxirgisida batafsil to’xtalamiz. Bu borada ijtimoiy kenglikni muvozanatdan
chiqishga ikki omil ta’sir qiladi. Birinchidan, jamoaviy ongning shakllanmaganligi.
Ilmiy bilimlarni jamiyatni ijtimoiy loyihalashning innovatsion usullariga ta’sirini
ta’minlab beradi. Ikkinchidan, ilmiy mahsulotlarni ijtimoiy boshqaruv amaliyotiga
joriy qilayotgan barcha boshqaruv sub’ektlari tomonidan mavjud innovatsion
usullariga e’tibor berilmayotganligi. Bugunda bir-biri bilan bog’liq bu ikki omil
yaqqol ko’zga tashlanmoqda.
Shunday deyish mumkinki, sotsiologiya yangilanishni talab qilyapti. U
an’anaviy tashhis funktsiyalaridan doimo o’zgaruvchan ijtimoiy tizimni
o’rganishga o’tishi kerak. XX asrning oxiri XXI asrning boshi tezlashgan ijtimoiy
jarayonlar, dinamik ijtimoiy o’zgarishlar davri. Boshqaruvning innovatsion
usulisiz bizni biz bilmay milliy chegaralar talofati kutmoqda.
Shuning uchun, XXI asr chaqirig’iga munosib javob berish uchun ijtimoiy
kenglikni o’zlashtirishning innovatsion usuli, har xil ijtimoiy o’zgarishlarni faqat
o’rganib va oldindan aytib beribgina qolmay, balki amaliy hayotga faol ta’sir
qilish, bashorat qilingan ijtimoiy natijalarni olish, murakkab ijtimoiy tizimlarning
rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishga qodir vositalar izlash zarur.
Jamiyat holatiga, ijtimoiy kasalliklarga tashhis qo’yish emas, balki ijtimoiy
jarayonlar va hodisalarga ta’sir qilish, ularni loyihalash tobora sotsiologiyaning
predmetiga aylanib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: