«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Ijtimoiy texnologiyalar-ijtimoiy menejmentning innovatsion resursi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

1.5.Ijtimoiy texnologiyalar-ijtimoiy menejmentning innovatsion resursi 
Ijtimoiy kenglikning texnologiyalashuvi asosida mexanizmlari hayot 
talablaridan orqada qolgan ijtimoiy boshqaruvning nazariya va uslubi yotadi. 
Bugungi kunda, hozircha yo’q bo’lgan boshqaruvning zamonaviy nazariyasi zarur. 
Bu sohadagi ilmiy munozaralar, ijtimoiy resurslardan, ayniqsa, ularni loyihalash va 
texnologiyalash bosqichida boshqaruv darajasining pastligi bundan dalolat beradi. 
Ijtimoiy modellar, dasturlar va texnologiyalarni ishlab chiqish gumanitar 
fanlarning vazifasi, lekin ijtimoiy kenglikni axborotlashtirish va texnologiyalashda 
ularning roli kamaytirilgan. Ilmiy bilimning bu shakli o’z tahliliy, informatsion, 
texnologik, eksport funktsiyalarini bajarayapti. 
«Jamiyat oldida turgan muhim masalalardan biri bu ilmiy g’oyalar yo’lidagi 
hamma byurokratik to’siqlarni olib tashlash, ularning erkin aylanishini ta’minlash, 
ma’suliyatli echimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmiga ilmni 
kiritishdir»
1

Albatta, bu tezis ilmni boshqaruv sub’ektlari, jamiyat tomonidan 
bildiriladigan o’rinli e’tirozlardan xalos etmaydi. 
Inqiroz holatlarida, jamiyatning zamonaviylashuvi va uning o’tish holatlarida 
bu inqirozdan chiqish strategik sayin-harakatlar roli ortib boradi. Bu funktsiyani 


15 
strategik va taktik masalalar maqbul munosabatini, ularning bosqichliligini
aniqlashga qodir ijtimoiy dasturlar, loyihalar bajaradi. 
Ijtimoiy loyiha o’zida dasturnig shunday xilma-xilligini ko’rsatadiki, unda 
nafaqat dolzarb yo’nalishlar, umumiy masalalar, balki maqsadga erishish 
muddatlari, obyektning rivojlanishini chuqur o’rganish asosida bajaruvchilar 
harakatlari va ijtimoiy normativlardan foydalanish aks ettirilishi kerak. Bir so’z 
bilan aytganda, loyiha ijtimoiy masalalarni chuqur ishlab chiqish bilan 
xarakterlanadi va nafaqat ijtimoiy tashhis, balki tashkiliy - boshqaruv (texnologik) 
ta’minotni ham o’z ichiga oladi. 
Deformatsiyalangan ijtimoiy boshqaruv vositalari va maqsadlardan boshlash 
kerak. Shunisi qiziqki, rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy ijtimoiy boshqaruv 
nazariya va amaliyotiga - hayot ne’matlari ishlab chiqarish maqsadlaridan yuqori - 
degan marksistik g’oya keng kirib keldi. Amerika va yapon adabiyotlarida 
boshqaruv g’oyasi natijalar bo’yicha muhokama qilinadi va boshqaruvning
amerikancha tizimi maqsadlar (foyda,
daromad, kapital) bo’yicha qoniqarsizligi aytiladi. 
Farbda natija tushunchasi deganda, inson omili, ijodiy imkoniyatlar, 
rivojlangan fikrlash, tashkilotning rivojla-nishi, o’z-o’zini boshqarish, shaxslararo 
munosabatlarni mustah-kamlash tushuniladi va ayniqsa natijaning ijtimoiy qismini 
olish mexanizmi ishlab chiqiladi. Bu mexanizm odamlarni boshqarishga emas, 
balki, insonning aqliy va jismoniy kuchlarini erkin rivojlanishi uchun sharoit 
yaratishga, yashash sifati, ijtimoiy tizimni tashkil etish darajasini oshirishga, 
mehnatni direktiva, ko’rsatmalar bilan emas, balki, mehnatnig o’zi, uning ijodiy 
mazmuni, moddiy va ma’naviy omillar bilan rag’batlantirishga yo’naltirilgan. 
Farbda joriy qilinayotgan ijtimoiy boshqaruv tizimlari, shuningdek, natijalar 
buyicha (fan tajribasi) ham nafaqat ijtimoiy natijaga erishishga, balki, uning 
natijasini boshqaruv-tashkiliy tomondan ta’minlashga yo’naltirilgan. 
Ijtimoiy menejmentning mohiyati shundan iborat bo’lib, uning zamonaviy 
nazariya va amaliyoti shakllanmoqda. 
Shunday qilib, zamonaviy usullar yordamida ijtimoiy resurslar va ijtimoiy 
qobiq, ijtimoiy jarayonlarni samarali boshqarish zaruriyati hakida fikr 
yuritilmoqda.
Qisqa xulosalar 
Ilg’or o’zgarishlar davri – menejerlik inqilobi davri. Menejerlik inqilobining 
sabablari. Boshqaruv madaniyatining yangi ko’rinishlari va ularning mazmuni va 
mohiyati. Tashkilotchilik madaniyati. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin