3.
Tashkilotga yo’naltirilgan usullar
. a)
xizmatchilar
vakolatlarini
kengaytirish
(ishlovchi-larga tashkilotning kundalik ishlarida
qatnashish uchun keng imkoniyatlar berish);
b) maqsadlarga erishishda ishtirok etish (jamoa
ishining
muvoffaqiyatli
natijalari
uchun
muntazam pul mukofotlari olish).
2-ilova. Munozara qatnashchilariga eslatma 1.
Munozara munosabatlar yig’indisi emas, balki muammo echimi uslubiyatidan iborat;
2.
Ko’p gapirmasdan boshqalarning so’zlashiga imkon ber.
3.
Maqsadga erishish yo’lida xissiyotlarinni jilovlab, batafsil o’ylagan holda so’zla.
4.
Raqiblaring vaziyatini o’rganib, ularga xurmat bilan murojaat qil;
5.
Raqiblaring tomonidan aytilgan fikrlarga tanqidiy va istehzoli yondash;
6.
Munozara predmeti bo’yicha chetga chiqmagan holda to’g’ri yondashib gapir.
Muammoli Amaliyning boshqaruv dastaklari Boshlovchi barcha vazifalarni o’ziga oladi – munozara bosqichlarini boshqarish,
javoblarning asoslanishi va to’g’riligini tasdiqlash, qo’llangan termin va tushunchalarning
aniqlash, munosabatlarni to’g’ri qo’llash va boshqalar. Taqdimotlarning taqsimotini to’g’ri
boshqarish.
Taqrizchi – tomonlarning ma’ruzalarini yo’nalishlar bo’yicha belgilash va to’liq
xarakterda baholash: dolzarbligi, ilmiy jihati, mantiqiyligi va masalalarning aniq qo’yilganligi,
xulosalarning aniq ko’rsatilishi.
Raqib – qabul qilingan tadqiqot o’rtasida raqobatchilik jarayonini shakllantiradi. U
faqatgina ma’ruzachining asosiy holatini tanqid qilish emas, shu bilan birgalikda, uning aytgan
fikrlaridan zaif yoki hato tomonlarini topish hamda o’zining hal qiluvchi fikrlarini taklif qilishi
ham mumkin.
Ekspert – barcha munozaralarning, jumladan, munozara qatnashchilari tomonidan
aytilgan fikrlarning, qilingan xulosalarning, taklif va gipotezalarning maxsuldorligini baholaydi.