43
bo’lishish va mashinalarni tuzatishdagi muammolarni yechishda yordam berish
uchun o’zlarining boshdan kechirganlarini yozib o’tishadi.
Pfizer farmatsevtik
firmasida, amaliyot jamoalari kompaniyaning formal strukturasiga qiritilgan.
Ishchilar tarmog’i deb nomlangan bunday jamoalar boshqalarga xavfsizlik kabi
nozik masalalarda o’zlarining tajribasi bilan bo’lishib boradilar. Pfizer
kompaniyasining bunday tajribasi hozirda yanada ommalashmoqda. Ammo
bunday amaliyot jamoalari qanchalik samarali? O’tkazilgan tadqiqotlarning birida
shu narsa aniqlandiki, bunday amaliyot jamoalari ishchilarning samaradorligi bilim
va tajriba almashish orqali yanada kuchayar ekan.
A-jadvalda mana shunday
jamoalarning samarali ishlashi uchun ba’zi maslahatlar keltirib o’tilgan.
9
2020-yildagi dunyo.
O’zgaruvchan tashkilotlar.
020-yilga borib, nisbatan kamroq aholi to’liq vaqtli ishga ega bo’ladi.
Tashkilotlar asosan qisman ishlovchi ishchilarga va ma’lum vazifani bajaruvchi
yollanma ishchilarga tayanishni boshlashadi, bu esa tashkilotga yana o’zgaruvchan
bo’lishga imkoniyat yaratadi. Ishchining nuqtai nazaridan tahlil qilsak,
bu ishchi
uchun ish beruvchiga bog’liq bo’lib qolishdan xalos qilib, ko’proq mustaqil
faoliyat olib borishga imkon beradi.
Kelajak ishchilari to’liq band bo’lgan
ishchilar emas, balki chetdan turib
ishlovchi konsultantlar bo’lishadi. Bunday ishlar bir necha hafta yoki bir necha yil
davom etishi ham mumkin, ammo asosiy ehtimol shuki –
ishchilar va ish
beruvchilarning nuqtasidan qarasak – ularning o’rtasidagi munosabat doimiy
bo’lmaydi. Shunday ekan, siz yangi loyihalarda bir qancha hamkor guruhlar bilan
birga ishlayotgan bo’lasiz.
Qo’shimcha ravishda aytish mumkinki,
yirik kompaniya ofislari va
markazlashgan korporatsiyalar ham kamayadi.Ishga bo’lgan talab kompaniyani
katta miqdordagi ishchilarni bir joyda saqlashga ehtiyoj qoldirmaydi. “Markaziy”
shaharlar – Nyu-York, Toronto va Londondagi qator yirik ofislar bo’shab
qolishi
ham mumkin. Natijada esa, ishlash imkoniyati geografik jihatdan teng
taqsimlanadi va qator hollarda ishchilarning qaerda ekanligiga umuman bog’liq
bo’lmay qoladi. Katta miqdordagi ishchilar o’z uylarida turib ishlashadi. Ko’plab
tashkilotlar esa ishchilar uchrashishi yoki ishlashi mumkin bo’lgan hududiy satellit
markazlar qurishadi. Bugday markazlar katta
hajmdagi ofislarga nisbatan
kamharjroqdir va ishchilarning uzoq yo’l bosib o’tishiga ehtiyoj qoldirmaydi.
10
Dostları ilə paylaş: