270
Asosiy atamalar lug‘ati
Altruizm
– insonning boshqa shaxslar to‗g‗risida g‗amxo‗rlik
qilishiga
asoslangan hayotiy tamoyillari bo‗lib, u o‗z manfaatlaridan boshqalarning
manfaatlarini ustun qo‗yganda sodir bo‗ladi.
Anomiya
–eski ijtimoiy me'yorlar amalda bo‗lishdan to‗xtab,
yangilari
axloq regulyatori sifatida hali tasdiqlanmagan paytdagi jamiyat holati
(E.Dyurkgeym); jamiyatning madaniy maqsadlari o‗rtasidagi
kelishuv va ularga
erishishning ijtimoiy qabul qilingan vositalari (R.Merton).
Ta'sir qilish
(ijtimoiy ish nazariyasida) – muammolarni hal qilish
maqsadida amalga oshiriladigan turli ijtimoiy soha
tizimlaridagi mutaxassis va
mijozning ikki tomonlama o‗zaro munosabat jarayoni.
Fuqarolik jamiyati
– siyosiy hokimiyatdan
mustaqil ravishda faoliyat
yurituvchi jamoat institutlari va munosabatlari tizimi,
xususiy va guruhiy
manfaatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan davlat siyosatini ishlab
chiqishga xos munosabatlar tizimi.
«Xatar guruhlari»
–
ijtimoiy umumiylik, barqarorlik mavjud bo‗lmagan
holat, kimda katta imkoniyatlar bo‗lsa hayotiy murakkab vaziyatlarda o‗sha
jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy degradatsiyaga yetakchilik qiladi.
Insonparvarlik
– dunyoqarash tamoyili,insonni shaxs sifatida o‗z
qadrini
bilishi, o‗z huquqlarini erkin namoyon qilishi va o‗z qobiliyatlarini
rivojlantirishdagi g‗oyalar va tasavvurlar yig‗indisi..
Deviatsiya –
insonga yoki vaziyatga munosabatga ega bo‗lgan,
umumiy
me'yorlar va qalriyatlarga mos kelmaydigan axloq.
Diskurs –
shaxsiy erkinlikning tanqidiy refleksiya elementi (Yu.Xabermas).
Hayotiy holatlar
– inson uchun ahamiyatli bo‗lgan
va uning ehtiyojlari,
qadri va tushunchalari bilan bog‗liq, uning xulqi hamda dunyoqarashiga ta'sir
qiluvchi hayotning ma'lum davridagi hodisalar yig‗indisi.
Dostları ilə paylaş: