O‘zbеkiston rеspublikаsi


Kapital xarakati balnsi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə383/410
tarix24.10.2023
ölçüsü5 Mb.
#160596
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   410
MIKRO MAKRO

Kapital xarakati balnsi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha 
tushumlar – Xorijiy aktivlarni sotib olishga kilingan xarajatlar. 
Xorijga aktivlarni sotish valuta zahirasini ko‘paytirsa, sotib olish esa uni 
kamaytiradi. Shuning uchun kapital harakati balansi barcha operatsiyalardan 
keladigan sof valuta tushumlarini ko‘rsatadi. Kapital harakati hisobining ijobiy 
qoldig‘i mamlakatda kapital ko‘payishini bildirsa, uning salbiy qoldig‘i mamlakatda 
kapital kamayishini bildiradi. 
Avval aytib o‘tilganidek, joriy operatsiyalar bo‘yicha balans va kapital harakati 
balansi o‘zaro chambarchas bog‘liq. Bizning misolda birinchisining taqchilligi (-87) 
katta qismi (+63) kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi va aksincha, 
agar to‘lov balansi joriy operatsiyalar bo‘yicha musbat qoldiqqa ega bo‘lsa, kapital 
harakati hisobi balans bo‘yicha manfiy qoldiqqa yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi. 
Shunday qilib, balansning bu ikki bo‘limi bir-biri bilan tenglashib boradi. 
To‘lov balansi qoldig‘i= Joriy operatsiyalar + Kapital harakati balansi 
Biroq, amalda to‘lov balansining bu qismida ham ko‘pincha kamomad yoki 
ortiqchalik yuzaga keladi. Barcha mamlakatlarning Markaziy banklari rasmiy 
zahiralar deb ataluvchi xorijiy valuta zahiralariga ega bo‘lib, bu zahiralar joriy 
operatsiyalar bo‘yicha balans va kapital harakati bo‘yicha balans nomutanosibligini 
bartaraf etishda qo‘llaniladi. Bizning misolda bu nomutanosiblik yoki qoldiq (-24)ni 
tashkil etadi va rasmiy zahiralardan tushumlar hisobiga tartibga solinadi. 
Rasmiy zahiralarning qisqarishi (+) kamomad miqdorini ifodalaydi, rasmiy 
zahiralarning o‘sishi (-) esa to‘lov balansining musbat qoldig‘i miqdorini ko‘rsatadi. 
Natijada uning barcha uch bo‘limi summasi «0»ni tashkil etishi lozim. Bu esa xorijiy 
valuta taklifini va unga mamlakatda bo‘lgan talab tengligini bildiradi. 
 

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin