O‘zbеkiston rеspublikаsi


X – M = Xn = Y-(C+I+G); b



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə382/410
tarix24.10.2023
ölçüsü5 Mb.
#160596
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   410
MIKRO MAKRO

X – M = Xn = Y-(C+I+G); b
u yerda: X - eksport; M - import; Xn - sof 
eksport; 
C + I + G -YaIMning bir qismi (absorbsiya) 
Joriy operatsiyalar balansida kamomad bo‘lgan sharoitda, mamlakatning 
eksportdan olgan daromadlari importga qilgan xarajatlaridan kam bo‘ladi va uni 
tashqaridan qarz olish hisobiga yoki mavjud aktivlarning bir qismini xorijiy 
investorlarga sotish orqali qoplashi mumkin. Bu operatsiyalar sof xorijiy aktivlarning 
kamayishiga olib keladi
84
.101 
Sof xorijiy aktivlar (NFA) – bu, milliy rezidentlar tomonidan egallab turilgan 
xorij aktivlari va xorijliklar egalik qilgan mamlakat aktivlari o‘rtasidagi farqni 
bildiradi. 
Joriy operatsiyalar balansida taqchillik bo‘lmagan sharoitda esa mamlakat 
xorijiy valutalarni sarf qilishga nisbatan ko‘proq olib keladi. 
Misolimizga aksincha mamlakat joriy operatsiyalar bo‘yicha balansi ijobiy 
qoldiqqa ega bo‘ladi. Bunda mamlakatda chet elda ko‘chmas mulkni sotib olish yoki 
boshqa mamlakatlarga qarzga berishga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan ortiqcha 
xorijiy valuta yuzaga keladi. 
35.3. Kapital harakati hisobi balansi 
Investitsiyalash va kreditlash bilan bog‘liq operatsiyalar to‘lov balansining 
keyingi bo‘limida, ya’ni, kapitallar harakati hisobida aks ettiriladi. 
Mamlakatda ma’lum bir vaqtda moddiy va moliyaviy aktivlarini sotib olish va 
sotish bilan bog‘liq operatsiyalariga kapital harakati hisobi deyiladi. Kapital harakati 
hisobi balansida korxonalar, yer, uy-joylar, qimmatbaho qog‘ozlar, aksiyalar, xazina 
majburiyatlari va boshqa aktivlarni olish-sotish bilan bog‘liq kapitallar oqimi aks 
ettiriladi. Bu aktivlar sotilsa yoki eksport qilinsa, xorijiy valuta mamlakatga kiritiladi, 
ya’ni valuta tushumi ko‘payadi (+150). Biroq kapitalni olib kelish bilan bir vaqtda 
uni olib chiqish bilan bog‘liq operatsiyalar ham amalga oshiriladi. Bunda 
mamlakatning tadbirkorlari xorijdan aksiyalar sotib oladi, xorijliklarga kreditlar 
beradi va shu asosda ular xorijiy valuta zahiralarini sarflaydi. Bu operatsiyalar 
debet ko‘rinishida aks ettiriladi (-87). Kapital harakati balansining qoldig‘i – bu, uni 
olib kelish va olib chiqish o‘rtasidagi farqdir (+63). 
Kapital xarajatlari hisobida aktivlar bo‘yicha barcha xalqaro operatsiyalar 
ko‘rsatiladi. 
84
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 136 


417 

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin