418
X-M = Xn=-(I-S)=S-I
ichki
balans
Bu shuni bildiradiki, to‘lov balansining joriy operatsiyalar bo‘yicha kamomadi
kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi.
Xn < 0
X-M < 0
X< M ;
I-S >0
I >S
xorijdan kapital kiritilishi
.
Agarda investitsiyalar (I) milliy jamg‘armalardan ko‘p bo‘lsa (I > S), ortiqcha
investitsiyalar xorijdan olinadigan qarz hisobiga moliyalashtirilishi lozim. Bu qarzlar
mamlakatga tovar va xizmatlarni eksport qilishga nisbatan ko‘proq import qilinishini
taminlaydi (M>X). Ya’ni, sof eksport manfiy qoldiqqa (Xn<0) ega bo‘ladi. Mamlakat
xalqaro jarayonga qarzdor bo‘lib qatnashadi.
Joriy operatsiyalar musbat qoldiqqa ega bo‘lganda, ortiqcha mablag‘lardan
xorijga investitsiya qilishda yoki xorijdan ko‘chmas mulk sotib olishda foydalaniladi.
Xn>0
X-M>0
X>M;
I-S<0
I
xorijga kapital chikarilishi
Davlatlar rasmiy zahiralar va qarzlar hisobiga qoplash qobiliyatiga ega
bo‘lmagan to‘lov balansining katta davriy taqchilligi bo‘lgan hollarda o‘z valutalari
devalvatsiyasini amalga oshirishlari mumkin. Bu importning fizik hajmi ko‘payishiga
va oqibatda mamlakatda xorijiy valuta tushumining o‘sishi hamda to‘lov balansi
kamomadi tugatiladi.
To‘lov balansini tuzish tamoyillariga ko‘ra u doismo baoanslashgan bo‘ladi.
Manfiy yoki musbat qoldiq tushunchasi faqatgina to‘lov balansining alohida
qismlariga ta’luqli. Shu bilan birga to‘lov balansi qoldig‘ining milliy iqtisodiyotga
ta’siri amaliyotda bir xil tavsiflanmaydi. Iqtisodiy siyosat maqsadlaridant kelib chiqib
to‘lov balansining musbat qoldig‘i ham, manfiy qoldig‘i ham ijobiy yoki salbiy deb
baholanishi mumkin.
To‘lov balansi holatiga baho berishda savdo balansi qoldig‘i, joriy
operatsiyalar balansi qoldig‘i, kapital harakati va moliya balansi qoldig‘i hamda
rasmiy hisob kitoblar balansi qoldig‘i alohida tahlil etiladi.
Savdo balansi qoldig‘i o‘zgarishiga baho berishda bu o‘zgarishlar qaysi
omillar ta’sirida ro‘y berganligi e’tiborga olinadi. Masalan, manfiy qoldiq
eksportning qisqarishi hisobiga ro‘y bergan bo‘lsa, bu holat milliy iqtisodiyotning
raqobatbardoshliligi pasayganligidan dalolat berishi va negativ hodisa deb qaralishi
mumkin. Lekin bu holat mamlakatga to‘g‘ridan- to‘g‘ri investitsiyalar oqimi
ko‘payishi hisobiga importning o‘sishi natijasida ro‘y bergan bo‘lsa miliy
iqtisodiyotning zaiflashidan dalolat deb qaralmaydi. Joriy operatsiyalar hisobi balansi,
odatda, to‘lov balansining ma’lumot beruvchi qoldig‘i deb qaraladi. Chunki bu qoldi
bilan birga ichki iqtisodiy siyosatni cheklovchi tashqi iqtisodiy omil hisoblanishi
bilan
birga mamlakatning
moliyalashtirishga
ehtiyojini
belgilaydi.
Joriy
operatsiyalar hisobi balansining musbat qoldig‘i mamlakat boshqa davlatlarga
nisbatan netto kreditor ekanligidan dalolat beradi, va aksincha manfiy qoldig‘i (ya’ni
joriy operatsiyalar hisobi balansining taqchilligi) mamlakat tovarlar va xizmatlarning
419
netto-importi uchun to‘lovlarni
amalga oshirishga
va transfert to‘lovlarini
moliyalashtirishga majbur bo‘lgan sof qarzdorga aylanganligini anglatadi. Amalda
joriy to‘lov balansining musbat qoldig‘iga ega mamlakat milliy jamg‘armalarning
bir qismini kapitalni ichki jamg‘arishga yo‘naltirish o‘rniga mamlakat tashqarisiga
investitsiyalaydi.
Kapital harakati va moliya balansi qoldig‘i joriy operatsiyalar balansi
holatining
oynadagi aksi hisoblanadi, chunki real resurslar oqimini ko‘rsatadi.
Shuningdek joriy operatsiyalar balansi holati qisman «Sof xatolar va chetda
qoldirishlar» moddasiga to‘g‘ri keladi.
Rasmiy hisob kitoblar balansi qoldig‘i to‘lov balansi umumiy (yakuniy)
qoldig‘ining kengroq tarqalgan nomlanishi bo‘lib norezidentlarning mamlakatga
nisbatan likvidli talablarning ko‘payishi (kamayishi) yoki xorijiy likvidli aktivlardagi
mamlakat rasmiy zahiralarning ko‘payishidan (kamayishidan) dalolat beradi. Bu
qoldiq «Zahira aktivlari» moddasidan boshqa barcha moddalarni qamrab oladi.
Qayd qiligngan valuta kurslari sharoitida (1979 yilga qadar) rasmiy hisob
kitoblar holatiga
katta ahamiyat berilar edi, chunki uning taqchilligi mamlakatning
boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlarining ortganligini (yoki zahiralarining
kamayganligini) anglatgani holda valuta kursining barqarorligiga tahdid solar edi.
Suzib yuruvchi valuta kursining kiritilishi bilan umumiy to‘lov balansi tushunchasini
yo‘qqa chiqardi, rasmiy zahiralar dinamikasi esa nafaqat
rasmiy hisob kitoblar
qoldig‘ining oqibati, balki to‘lov balansining boshqa bo‘limlarida hisobga olingan
oqimlaridagi o‘zgarishlarning sababchisi ham bo‘lib qoldi.
0>
Dostları ilə paylaş: