O‘zbеkiston rеspublikаsi


Joriy operatsiyalar hisobi balansi



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə381/410
tarix24.10.2023
ölçüsü5 Mb.
#160596
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   410
MIKRO MAKRO

35.2. Joriy operatsiyalar hisobi balansi 
Joriy operatsiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi 
hisoblanadi, ularning farqi tashqi savdo balansining qoldig‘i deb yuritiladi. 
Misolimizda bu balans salbiydir, ya’ni, mamlakat tovarlarni chetga olib chiqishdan 
ko‘ra ko‘proq olib keladi (-75). 
Joriy operatsiyalarning keyingi moddasi – bu, xizmatlar (transport, sug‘urta, 
sayyohlik xizmatlari va boshqalar) eksporti va importidir. Misolimizda tovarlar bilan 
bo‘lgan operatsiyalardagi kabi xizmatlar bilan bo‘lgan operatsiyalarda ham mamlakat 
xorijiy xizmatlarni ko‘proq oladi ya’ni, masalan, mamlakatda yashovchilar xorijga 
chetdan mamlakatga keladigan sayyohlarga nisbatan ko‘proq boradilar, shuningdek
mamlakatdagi tadbirkorlarga xorijiy transport va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish 
hajmi xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda trasport va sug‘urta kompaniyalari 
ko‘rsatadigan xizmatlar hajmiga qaraganda yuqoriroq va h.k. Bu operatsiyalar 
bo‘yicha ham balans salbiy qoldiqqa ega (-12). 
Investitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividendlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z 
ichiga oladi. Agar xorijga qo‘yilgan milliy kapital uchun chet to‘lovlari bo‘yicha 
tushumlar mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapital uchun to‘lanadigan 
to‘lovlar miqdoridan ko‘p bo‘lsa, unda sof daromad musbat bo‘ladi (+8). 
Transfert ko‘rinishida pul o‘tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda 
yashayotgan fuqarolariga to‘lanidagan nafaqalarni, muhojirlarning xorijdagi o‘z 
qarindoshlariga pul o‘tkazmalari, turli ko‘rinishdagi hukumat yordamlarini o‘z ichiga 
oladi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, xorijga jo‘natilayotgan pul o‘tkazishlar miqdori 
olinayotganiga nisbatan yuqori, ya’ni, operatsiyalar mamlakatdagi xorijiy valuta 
zahiralarini kamaytiradi (-8). 
Joriy hisoblar bo‘yicha barcha operatsiyalar yig‘indisi joriy operatsiyalar 
balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-87). Bu esa mamlakatda import 
operatsiyalari natijasida xorijiy valutaga bo‘lgan talab uning eksport operatsiyalari 
ta’minlaydigan taklifdan ortiq bo‘lishini anglatadi. Boshqacha aytganda, ushbu holda 
mamlakat to‘lov balansi joriy operatsiyalar bo‘yicha kamomadga ega. 


416 
Makroiqtisodiy modellarda joriy operatsiyalar balansi qoldig‘i quyidagicha 
beriladi: 

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin