Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 6 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 125 June, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal ta'siridan asrashda quyidagi jihatlarga alohida e'tibor qaratish zarur:
-mustaqil fikrga ega, sog'lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam
irodaga ega shaxslarni tarbiyalash, turli diniy oqim va yo'nalishlar ta'siri hamda
aqidasiga qarshi immunitet hosil qilish;
-mafkuraviy tahdidlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo'lib yashash,
internet tizimida diniy ekstremizm, terrorizm va missionerlikni targ'ib qiladigan
saytlardan yoshlarni muhofaza qilish;
-yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, ularning ma'naviy-
axloqiy tarbiyasini shakllantirish;
-axborot madaniyatini shakllantirish;
-kishilarda diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik ta'minlash bo'yicha
tushuntirish, targ'ibot ishlarini olib borish;
-diniy ekstremizm va terrorizm bilan kurashda huquq-tartibot idoralarini
faoliyatini takomillishtirish.
Darhaqiqat, bugungi globallashuv jarayonida har bir davlat o'zligini saqlab
qolgan holda, eng ustuvor vazifa sifatida o'z xavfsizligini ta'minlash masalasi turadi.
Hozirda mamlakatimiz o'ta qaltis, notinch va murakkab dunyo bilan aloqaga
kirishib bormoqda. Jamiyatimizda yoshlarni ruhiy-ma'naviy jihatdan xavfsizligini
ta'minlash zaruriyatining sabablaridan biri shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti chet el
sarmoyalari, zamonaviy texnika va texnologiya, bozorni shakllantirish usullari bilan
bir qatorda mamlakatimizga o'zining madaniyati, turmush tarzi, dunyoqarashi va
tasavvurlarini ham olib kirmoqda. Bu tabiiy jarayon, albatta va uni hech qanday to'siq
bilan to'xtatib ham bo'lmaydi. Mafkuraviy muammo va ma'naviy tahdidlarga ham
aynan shunday xarakter xos bo'lganligi uchun ham keyingi paytda jamiyatimizga
ayrim noxush va zararli mahsulotlar kirib keldi va keng tarqala boshladi.
Ta'kidlash kerakki, mamlakatimiz yoshlarini bunday ta'sirlardan ma'muriy yo'l
bilan saqlab ham to'xtatib ham bo'lmaydi. Bunday yo'l tutilgudek bo'lsa, yoshlar
orasida mafkuraviy muammo va ma'naviy tahdidlarga nisbatan qiziqish kuchayib,
ularni yoshlar dunyoqarashiga ta'sir etish quvvati yanada oshib boradi. Bunday
sharoitda
O'zbekiston
Respublikasi
birinchi
Prezidenti
I.A.Karimov
ta'kidlaganlaridek, endilikda ―fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi
ma'rifat bilan kurashish har qachongidan ko'ra muhim ahamiyat kasb etmoqda‖ .
Shuni alohida aytish kerakki, ma'naviy va mafkuraviy tahdid ob'ekt hamda
sub'ektning ijtimoiy o'zaro ta'siri oqibatida vujudga keladi hamda madaniy va
ijtimoiy asoslarning yagona ijtimoiy turdagi to'qnashuvi asosida
amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bugungi kunda
ma'naviyatni himoyalash hamda zid, begona, beqarorlashtiruvchi