B. N. Boboyorov f f. b falsafa doktori (PhD), dotsent


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 338,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix24.10.2023
ölçüsü338,59 Kb.
#160801
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
62a3848a6c40b980346628

 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 6 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
127
 
June, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
MUHOKAMA 
Markaziy Osiyo davlatlari orasida aholisining soni, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy 
va intellektual salohiyati jihatidan, hamda mintaqa havfsizligini ta'minlash, diniy 
ekstremizm, xalqaro terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash jihatidan O'zbekiston 
yetakchi o'rinni egallaydi [3; 8]. 
Bugungi kunda barchamizga ma'lumki, katta boylikka ega bo'lgan bu 
mintaqada diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm havfi kundan-kunga kuchayib 
bormoqda.
Hozirgi vaqtda globallashuv jarayonlarining rivojlanib borishi Markaziy Osiyo 
mintaqasida xavfsizlikni ta'minlash muammolarini yanada murakkablashtirmoqda. 
Buning asosiy sababi mintaqada yangi ko'rinishdagi xavf va tahdidlar yuzaga 
kelmoqda va ular o'zining ko'lami jihatidan transchegaraviy ahamiyat kasb etmoqda. 
Bir so'z bilan aytganda, Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligiga nisbatan boshqa 
davlatlar tomonidan bo'ladigan an'anaviy harbiy tahdidlar o'z ahamiyatini yo'qotib 
bormoqda va uning o'rniga transchegaraviy tahdidlar yuzaga kelmoqda. Markaziy 
Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash bugungi kunning eng muhim 
muammolaridan biri bo'lib qolmoqda. Zero xavfsizlikning ta'minlanishi har bir 
mamlakat taraqqiyotining asosiy sharti hisoblanadi. 
Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta'minlashga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi 
transchegaraviy tahdidlardan yana biri bu – mintaqada noqonuniy qurol-yarog' 
savdosi bilan bog'liq bo'lgan muammolardir. Markaziy Osiyoda bu kabi tahdidlarning 
kelib chiqish sabablari mintaqada uzoq yillar davomida shakllangan siyosiy vaziyat 
bilan ko'p jihatdan bog'liq. Umuman olganda, Markaziy Osiyoda noqonuniy qurol-
yarog'larning tarqalishi mintaqa xavfsizligiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy tahdidlardan 
biri bo'lib qoladi. Bu omil mintaqadagi oddiy berqaror vaziyatni keng ko'lamli 
qarama-qarshiliklarga o'zgarishiga sababchi bo'lishi mumkin. 
Markaziy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlikka ta'sir ko'rsatuvchi omillardan 
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bilan bog'liq bo'lgan muammolar alohida 
ahamiyatga ega [4; 9]. 
Bugungi kunda Markaziy Osiyoda joylashgan mamlakatlarni, demokratik, 
huquqiy, dunyoviy taraqqiyot yo'lidan qaytarishga urinayotgan turli xil ekstremistik 
kuchlar va markazlar bu yerdagi havfsizlikka raxna solmoqda. 
Bu yovuz kuchlar diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikni mintaqamizga 
yoyishga urinmoqda.
Giyoxvand moddalar va qurol-yarog'larni noqonuniy yo'llar 
bilan olib o'tish va sotish nafaqat Markaziy Osiyo balki butun 
dunyo havfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. 



Yüklə 338,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin