METODLAR
Bugun biz tez oʼzgaruvchan, oʼta shiddatkor va murakkab bir zamonda
yashayapmiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar v
jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni
turlicha taʼriflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni
Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 6 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
122
June, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
yuksak texnologiyalar asri desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv
davri sifatida izohlamoqda.
―Globallashuv‖ iborasi 1983 yilda amerikalik siyosatshunos olim T.Levitta
tomonidan ―Garvard biznes revyu‖ jurnalida eʼlon qilgan maqolasida qoʼllanilgan
edi. Unda aytilishicha, ―globallashuv – transmilliy korporatsiyalar ishlab
chiqaradigan turli – tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayoni‖.
Globallashuvga BMTning ―Inson taraqqiyoti toʼgʼrisidagi maʼruza‖ hisobotida
quyidagicha taʼrif berilgan: ―Globallashuv – jahon iqtisodiyotining tovarlar,
xizmatlar, sarmoya, ishchi kuchi va fikr-kashfiyotlar oqimining kengayishi,
shuningdek, mamlakatlarning jahon miqyosidagi iqtisodiy muammolarni hal qilishga
qaratilgan birgalikdagi harakatlari tufayli davom etayotgan integratsiyasi‖, deb qayd
etilgan.
Globallashuv – turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, maʼnaviyati, odamlari
oʼrtasidagi oʼzaro taʼsir va bogʼliqlikning kuchayishidir.
Globallashuvga berilgan taʼriflar juda koʼp. Lekin, uning xususiyatlarini
toʼlaroq qamrab olgani, bizningcha, frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan taʼrif.
Unda globallashuv jarayonining uch oʼlchovli ekaniga urgʼu beriladi:
-globallashuv–muttasil davom etadigan tarixiy jarayon;
-globallashuv–jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni;
-globallashuv–milliy chegaralarning ―yuvilib ketish‖ jarayoni .
B.Bandi taʼrifida keltirilgan globallashuv oʼlchovlarining har uchalasiga
nisbatan ham muayyan eʼtirozlar bildirish mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan
jarayonlarni kuzatsak, ularning har uchovi ham unda mavjud ekanini koʼrishimiz
mumkin.
Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va maʼnaviyatiga oʼtkazishi
mumkin boʼlgan ijobiy va salbiy taʼsiri Hindistonning mashhur davlat arbobi
Mahatma Gandining quyidagi soʼzlarida yaxshi ifodalangan: ―Men uyimning darvoza
va eshiklarini doim mahkam berkitib oʼtira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib
turishi kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo
dovul boʼlib uyimni agʼdar-toʼntar qilib tashlashi, oʼzimni esa yiqitib yuborishini ham
istamayman‖.
Globallashuv tushunchasi haqida mamlakatimiz olim va siyosatchilari ham
o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirmoqdalar. Shu ma'noda, faylasuf va
siyosatshunos olim S.Otamurodovning fikricha, ―Globallashuv davlatlar va xalqlar
hayotining barcha sohalarida yalpi umumlashuv jarayonni
anglatmoqda‖.
|