B. N. Boboyorov f f. b falsafa doktori (PhD), dotsent


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 338,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix24.10.2023
ölçüsü338,59 Kb.
#160801
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
62a3848a6c40b980346628

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 6 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
128
 
June, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Afg'oniston nafaqat mintaqaviy, balki dunyoviy xavfsizlik tizimiga ulangan. 
Bu mamlakat hududi xalqaro terrorning tayanch markazi, o'ta jangari va buzg'unchi 
kuchlarning mashq maydoni, jahon bozoriga narkotik yetkazib beradigan asosiy 
hudud bo'lib qoldi. Bu mintaqaviy beqarorlik bir qator muammolarni keltirib 
chiqarmoqda. 
Afg'onistonda tinchlik va barqarorlikni o'rnatish borasida O'zbekiston 
tomonidan ilgari surilayotgan amaliy takliflar quyidagilardan iborat bo'ldi: 
-nizolarni hal qilishning bosqichma-bosqichliligi, BMT Bosh kotibining 
mahsus vakili vositaligida bugun Afg'onistonda bir-biriga qarshi kurashayotgan ikki 
asosiy kuch o'rtasida o't ochishni to'xtatish, harbiy asirlarni ayriboshlash
Afg'onistonga insonparvarlik yordamini yetkazib berish uchun yo'llarni ochish va 
ichki to'siqlarni olib tashlash to'g'risida bitimlar tuzish, dastlabki zaruriy bosqich 
bo'ldi. 
-barcha manfaatdor tomonlarning muzokara jarayonida ishtirok etishini 
ta'minlashga alohida e'tibor qaratildi. 
Bu jarayonda BMT, YeXHT, ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlarning faol 
ishtirok etishi va homiylik qilishni ta'minlash, ular ishtirokida Afg'onistondagi 
mojaroni bartaraf etish, qochoqlarni qaytarish, hududni minalardan tozalash, 
qurolsizlanish va shu kabi boshqa masalalar to'g'risida qarama-qarshi tomonlar 
o'rtasida umumiy bitim qabul qilishga erishish darkor. 
Afg'on muammosini hal etish borasidagi O'zbekistonning qat'iy pozitsiyasi 
jahon hamjamiyati tomonidan qo'llab quvvatlanmoqda. 
O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev BMT 72-sessiyasida so'zlagan nutqida: 
―Afg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish nafaqat mintaqaviy, balki global 
xavfsizlikni ta'minlashning muhim shartidir‖, deb alohida qayd etgan hamda 
Afg'onistonda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash uchun quyidagi takliflarni ilgari 
surgan edi: Afg'onistonda tinchlikka erishishning yagona yo'li — markaziy hukumat 
va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o'rtasida oldindan hech qanday shart 
qo'ymasdan, to'g'ridan-to'g'ri muloqot olib borish, Muzokaralar afg'onistonliklarning 
o'zlari hal qiluvchi o'rin tutadigan holda, Afg'oniston hududida va BMT shafeligida 
o'tishi lozim, donishmand afg'on xalqi o'z taqdirini o'zi mustaqil hal qilishga haqlidir, 
O'zbekiston Afg'onistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika 
infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga katta hissa 
qo'shmoqda va bundan keyin ham hissa qo'shadi, Afg'oniston masalasi global 
miqyosdagi masalalar markazida bo'lishi lozim [5; 10]. 
Bugungi kunda O'zbekiston ko'plab xalqaro siyosiy 
muammolarni hamjamiyatlikda yechish, mamlakatdagi va 



Yüklə 338,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin