199
chunki bu aktivlarni hujjatlar va haqiqatdagi nazorat yordamida etarlicha ishonchli
darajada tekshirish mumkin.
Agar bu amaliy va o’rinli bo’lsa, har gal auditorlardan debitorlik
hisoblaridan saralash bo’yicha tasdiq olish talab qilinadi. AICPA tomonidan ilgari
surilgan ushbu talabning amal qilishi boisi shundaki, debitorlik hisobi, odatda,
moliyaviy hisobotga nisbatan ahamiyatli va tasdiq bunday hisoblar bo’yicha yuqori
darajadagi ishonchli dalilni o’zida aks ettiradi.
Boshqa qandaydir hisoblar bo’yicha (debitorlik hisobidan tashqari) tasdiqlar
talab qilinmasa-da, dalillarning bu turi ko’p turdagi ma’lumotlarni tekshirishda
juda foydalidir. Tasdiq ishonchli dalilga aylanishi uchun, so’rov jo’natilgandan to
javob olingunga qadar u auditor nazorati ostida bo’lishi kerak. Tasdiq haqida
so’rovlarni tayyorlash, ularni jo’natish va javob olish bilan mijozning o’zi
shug’ullanayotgan bo’lsa, bu auditor nazoratni qo’ldan boy berganini, shu bilan
birga o’z mustaqilligini yo’qotib qo’yganini anglatadi. Bunday hollarda dalillar
ishonchliligi pasayadi.
Dostları ilə paylaş: