190
9-BOB. AUDITORLIK DALILLARI
9.1. Auditorlik dalillariga nisbatan qarorlar
Ushbu bob auditorlik dalillariga nisbatan qabul qilish zarur bo’lgan to’rtta
asosiy qaror tavsifidan, shuningdek, ishonchli dalillar etarliligi kabi tushunchalar
tahlili bilan boshlanadi. So’ngra biz ob’ektda ishlash bo’yicha uchinchi standartga
rioya etish uchun to’plash mumkin bo’lgan dalillarning etti turini aniqlaymiz va
tahlilga tortamiz. Bob oxirida auditor ishlatadigan ishchi hujjatlar ko’rib chiqilgan.
Har bir auditor qabul qilishi lozim bo’lgan
eng muhim qaror mijoz
moliyaviy hisobotining barcha elementlari va o’sha moliyaviy hisobot, umuman
olganda, ob’ektiv taqdim etilganini tasdiqlash to’plashi kerak bo’lgan dalillarning
tegishli miqdorini aniqlashga oid bo’ladi. Bu masalada bir qarorga kelib olish
muhim ahamiyatga ega, chunki, barcha mavjud dalillarni baholash va tahlil qilish
audit qiymatini aql bovar qilmas darajada oshirib yuborar edi. Masalan, xo’jalik
tizimlarining katta qismiga oid moliyaviy hisobotlar auditida barcha bekor qilingan
cheklar, yuk xatlari, tovarlarni qabul qilish hujjatlari, sotish bo’yicha schet-
fakturalar,
transport hujjatlari, mijozlar buyurtmalari, hisob-kitob varaqlari,
shuningdek, boshqa ko’plab hujjatlar va qaydlarni tekshirish mumkin emas.
Auditorga aynan qanday dalillar kerak bo’lishiga oid qaror qabul qilinishi
jarayonini quyidagi to’rt savolga javob izlash sifatida tasavvur qilish mumkin:
1.
Qanday auditorlik amallaridan foydalanish lozim?
2.
Har bir aniq audit amali bo’yicha saralash qanday hajmda bo’lishi lozim?
3.
Berilgan majmuadan qaysi aniq unsurni tanlash lozim?
4.
U yoki bu aniq amallarni qachon amalga oshirish lozim?
AUDITORLIK AMALLARI.
Auditorlik amallari deganda auditning har bir bosqichida u yoki bu turdagi
dalillarni to’plash xususiyatlari haqida aniq batafsil ko’rsatmalar guruhlari
tushuniladi. Masalan, tovar-moddiy qimmatliklarni inventarizatsiya qilish,
bekor
qilingan cheklar soni bilan sotishdan daromadlar miqdori, tizimli buxgalteriya
191
yozuvlari va transport hujjatlarini solishtirish bo’yicha dalillar muayyan audit
amallari yordamida to’planadi.
Ularni ishlab chiqishda, odatda, maxsus atamalar qo’llanilib, bu mazkur
amallardan audit amalga oshirish yo’riqnomalari sifatida foydalanish imkonini
beradi.
SARALASh
HAJMI.
Audit
amallari bo’yicha
saralash hajmini
tekshirilayotgan majmuaning bittadan to barcha elementlarigacha ko’rinishini
o’zgartirish mumkin. Tasavvur qilaylik, sotish jurnalida 6600 ta hisobga to’lov
amalga oshirilgani qayd etilgan. Auditor mazkur holatda 200 ta hisobni tanlashi va
ularni kassa daftari bilan solishtirishi mumkin. Har bir aniq audit jarayonida
qancha element tekshirilishi lozimligini har safar uning o’zi hal etishi kerak.
Saralash hajmi turli tekshirishlar uchun turlicha bo’lishi mumkin.
NIMANI SARALASh KERAK BO’LADI. Auditor muayyan audit uchun
saralash hajmini belgilab olgach, aynan qanday aniq elementlarni tekshirishini ham
aniqlab olishi lozim. Agar auditor, masalan, sotish jurnalidagi yozuvlar bilan
solishtirish maqsadida, 6600 ta hisobni o’z ichiga oluvchi majmuadan 200 ta
to’langan hisobni
tekshirishga qaror qilsa, u holda o’zi tekshiradigan aniq
hisoblarni saralash orqali bir qancha usullardan foydalanishi mumkin. Auditor: a)
qandaydir haftani tanlashi va dastlabki 200 ta hisobni tekshirishi; b) eng yirik
miqdorli 200 ta hisob tanlashi; c) ixtiyoriy tekshirish uchun hisobni tanlashi yoki
g) auditorning fikriga ko’ra xatolar mavjud bo’lishi ehtimol qilingan hisobni
tanlashi mumkin.
Bundan tashqari, ushbu yondashuvlarning uyg’un birikmasi
hisoblanuvchi boshqa qandaydir usuldan foydalansa ham bo’ladi.
Moliyaviy hisobot auditi, odatda, qandaydir davrni, masalan, bir yilni o’z
ichiga oladi. Audit mazkur davr tugaganidan so’ng bir necha hafta yoki oydan
keyingina yakunlanadi. Shuning uchun auditga kiruvchi operatsiyalarni amalga
oshirish vaqti turlicha bo’lishi va ular hisobot davrining boshida yoki uzoq hisobot
sanasidan uzoq vaqt o’tgandan keyin amalga oshirilishi mumkin. Moliyaviy
192
hisobot auditida mijoz aksariyat hollarda audit yil yakunlangandan
bir-uch oydan
keyin tugashini xohlaydi.
AUDIT DASTURI. Dalillarni to’plash sohasida to’rtta qaror natijalarining
batafsil bayoni audit dasturi ataladi. Audit dasturi har doim auditni amalga
oshirishda foydalaniladigan amallar ro’yxatini o’z ichiga oladi. Unda saralash
birligi, tekshirish uchun tanlanadigan muayyan elementlar, shuningdek, audit
o’tkazish vaqti haqida ham so’z yuritiladi. Odatda, audit dasturi bo’limlardan
iborat bo’lib, ularning har biri muayyan unsurga bag’ishlangan:
debitorlik qarzi,
sotishlar va hokazo. Debitorlar hisobi bo’yicha audit dasturi misollari (u audit
amallari tavsifini ham o’z ichiga oladi), saralash hajmi, tanlangan elementlar,
shuningdek, audit o’tkazish vaqti tavsifi. Audit dasturining o’ng tomoni har bir
amal uchun audit maqsadlarini belgilashni ham o’z ichiga olib, bu haqda 5-bobda
so’z yuritilgan.
Dostları ilə paylaş: