211
kamaytirish uchun, odatda, bir necha yildan so’ng ishchi hujjatlarni mikrofilmlarga
ko’chirib qo’yishadi.
Ishchi hujjatlarning maxfiylik xarakteri
. Mijoz bilan o’zaro munosabatlar
maxfiylik xarakterida bo’lish zarurati “Kasb etikasi kodeksi”ning 301-qoidasida
qayd qilingan. Unda shunday deyiladi:
• Agar AICPA a’zosida mijoz tomonidan berilgan ruxsatnoma yo’q bo’lsa,
kasbiy buyurtmasini bajarish natijasida olingan har qanday maxfiy ma’lumotlarni
oshkor qilmasligi shart. Tekshirishlar davomida auditor muayyan miqdorda maxfiy
xarakterga ega ma’lumotlarni, shu jumladan, idora xizmatchilarining oylik
maoshlari, mahsulotlar narxi va ushbu mahsulotlarning qiymati haqida
ma’lumotlarni oladi. Agar auditor bu axborotlarni bilishga haqqi bo’lmagan
begona shaxslarga yoki o’z mijozining xizmatchilariga shunday ma’lumotlarni
oshkor qilsa, auditorning u audit qilayotgan kompaniyaning rahbariyati bilan
o’zaro munosabatlariga keskin putur etishi mumkin. Bundan tashqari, agar mijoz
kompaniyaning xodimlari auditorning ishchi hujjatlarini ko’zdan kechirish
imkoniga ega bo’lsa, u holda ular undagi ma’lumotlarni o’zgartirish mumkin. Shu
bois, ishchi hujjatlarni himoya qilish uchun hamisha barcha zaruriy choralarni
qo’llash lozim.
Odatda, ishchi hujjatlar begona shaxslarga faqatgina mijozning bevosita
roziligi bilan taqdim etilishi mumkin. Hatto auditor “o’z amaliyotini boshqa
auditorlik firmasiga sotgan” holatda ham shunday bo’ladi. Biroq hujjatlar sud
tomonidan talab qilingan bo’lsa yoki boshqa auditorlik firmalari ish sifatini
ko’ngilli tekshirish dastur doirasida foydalanilsa, ruxsatnoma zarur emas.
Dostları ilə paylaş: