208
yoki tayyorlaydi. Qoldiqlarning tizimli ro’yxati ishchi namunaviy balansni o’zida
aks ettiradi.
Ko’pchilik kompaniyalar, auditorning ishchi namunaviy balansi moliyaviy
hisobot bilan bir xil shaklga ega bo’lishi kerak, deb hisoblaydi. Namunaviy
balansdagi har bir band Bosh kitob hisoblarini detallashtiruvchi sintetik hisob
ma’lumotlariga asoslanadi. Analitik
hisobning har bir hisobi esa, o’z navbatida,
sintetik hisobning tegishli ma’lumotlarini qo’llab-quvvatlaydi. Umuman olganda,
bunday muvofiqlik bajarilgan auditorlik ishidan dalolat beradi va auditor
tomonidan chiqarilgan xulosalar uchun asos bo’ladi.
Aylanma
vedomostlarga
tuzatishlar
kiritish
.
Auditor
buxgalteriya
yozuvlarida jiddiy xatolarga duch kelganda, bunday
moliyaviy hisobotlarga
tuzatish kiritilishi taqozo etiladi. Masalan, agar mijoz eskirgan xom ashyosi borligi
tufayli o’z tovar-moddiy qimmatliklari bahosini kamaytirmagan bo’lsa, u holda
auditor ularning haqiqiy qiymatini aks ettiruvchi tuzatish yozuvi zarurligini
ko’rsatishi mumkin. Audit davomida aniqlangan xatolar haqida bunday tuzatish
yozuvlarini, odatda, auditorning o’zini kiritsa-da,
shunga qaramay, ular mijoz
tomonidan ma’qullanishi lozim. Chunki moliyaviy hisobot ob’ektiv tarzda taqdim
etilishi uchun javobgarlik birinchi navbatda kompaniya ma’muriyati zimmasiga
yuklatiladi.
Buxgalterlik ma’lumoti taqdim etilishini tuzatish uchun ko’pincha hisobotga
tuzatuvchi va xulosalovchi yozuvlar ham kiritiladi. Bu hatto bosh kitobda aylanma
va saldo to’g’ri bo’lganda ham kuzatiladi. Materiallar uchun debitorlik qarzi
summasini tushum hisobiga o’tkazish shunga oid keng tarqalgan misollardan biri
sanaladi. Bosh kitobda debitorlik qarzi kompaniyaning kundalik faoliyati nuqtai
nazaridan aks ettiriladi va bunday yozuv mijozning Bosh
kitobiga kiritilmasligi
mumkin.
Umuman, moliyaviy hisobot ob’ektiv taqdim qilinishiga sezilarli ta’sir
ko’rsatuvchi tuzatish va xulosalovchi yozuvlargina kiritilishi lozim. Xatolarga
qachon tuzatish kiritish lozimligi haqida qaror qabul qilish uning jiddiylik
209
darajasiga asoslanadi. Auditor agar bir necha kichik xato tuzatilmagan bo’lsa,
ularning umumiy ta’siri tufayli jiddiy xatolik yuzaga kelishi mumkinligini ham
inobatga olishi darkor. Auditorlar hisobga olinmagan barcha yozuvlarning umumiy
ta’sirini aniqlash uchun ko’pincha ularni alohida ishchi hujjatlarga kiritib boradi.
Yordamchi yozuvlar
. Ishchi hujjatlarning
eng muhim qismi moliyaviy
hisobotning aniq summalarini tasdiqlash uchun auditor tomonidan tuzilgan
yordamchi yozuvlarni o’z ichiga oladi. Mazkur yozuvlardagi turli ma’lumotlardan
ancha keng foydalaniladi. Audit tegishli tarzda o’tkazilganini va ishchi
hujjatlarning qolgan maqsadlariga erishilganini tasdiqlash uchun, auditning har bir
elementi uchun mutanosib turdan foydalanish zarur. Biz quyida yordamchi
yozuvlarning asosiy turlarini sanab o’tamiz.
Tahlil
. Tahlil butun tadqiqot davri mobaynida u yoki bu balans hisob
doirasida faoliyatni namoyish qilish uchun mo’ljallangan. U ma’lumotlarning davr
boshi va oxiri uchun o’zaro bog’liqligini tasdiqlaydi. Odatda,
likvid qimmatbaho
qog’ozlar, berilgan veksellar, shubhali qarzlar bo’yicha to’lovlar, mol-mulk,
binolar, asbob-uskunalar, uzoq muddatli qarz kabi hisoblar tahlili amalga
oshiriladi. Bu hisoblar xo’jalik tizimi faoliyatining muhim jihatlarini aks ettiradi.
Aksariyat hollarda tahlil bo’yicha ishchi hujjatlarda
boshqa ishchi hujjatlarga
ko’ndalang havolalar mavjud bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: