A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   189
АУдит дарслик

 
9.4. Ishchi hujjatlar 
SAS 41 (AU 338), audit standartlari to’g’risidagi Nizomga muvofiq ishchi 
hujjatlar – bu auditor qo’llanilgan amallar, testlar, olingan ma’lumotlar va audit 
jarayonida qilingan mutanosib xulosalarni qayd qiladigan yozuvlardir. Ishchi 
hujjatlar auditor tekshirishni to’g’ri bajarish uchun muhim deb hisoblagan va u o’z 
auditorlik xulosasida keltiradigan xulosalarni qo’llab-quvvatlashi mumkin bo’lgan 
barcha ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak.
 
Ishchi hujjatlar vazifalari
. Ishchi hujjatlarning umumiy maqsadi auditorga 
yordam berishdan iborat: ular auditor auditni umum qabul qilingan standartlarga 
muvofiq o’tkazayotganiga etarli darajada ishonch hosil qilishi uchun imkon 
yaratadi. Xususiy hollarda joriy yil auditi bilan bog’liq ishchi hujjatlar to’plangan 
dalillar, shuningdek tekshirish natijalari yozuvi sanalib, auditni rejalashtirish uchun 
asos bo’ladi. U muayyan holat uchun auditorlik xulosasining muvofiq turini 
aniqlash uchun ma’lumot va supervayzerlar (nazoratchilar) tomonidan amalga 
oshirilayotgan tekshiruvlar uchun asos sanaladi.
Auditni rejalashtirish asoslari
. Agar auditor joriy yil uchun o’z auditini 
mutanosib tarzda rejalashtirishni xohlasa, uning ishchi hujjatlarida zaruriy 
ma’lumotlar bo’lishi kerak. gazetalarda Bunday hujjatlarda xo’jalik ichki nazorat 
tizimi va auditning alohida sohalari, audit dasturi va o’tgan yil uchun audit 
natijalari uchun ajratilgan vaqt haqida tavsifiy ma’lumotlar kabi rejalashtirish 
uchun turli-tuman ma’lumotlar mavjud. 
To’plangan dalillar va test natijalari yozuvi
. Ishchi hujjatlar – bu audit 
umum qabul qilingan standartlarga muvofiq amalga oshirilganidan dalolat 


204 
beruvchi eng birinchi hujjatlardir. Agar shunday zarur yuzaga kelsa, auditor 
nazorat organlari va sudda o’z auditi yaxshi rejalashtirilgani hamda tegishli 
tartibda nazorat qilinganini, to’plangan dalillar ishonchli, etarli va o’z vaqtida 
olinganligi, auditorlik xulosasi tekshirish natijalariga mos kelishini namoyish etishi 
kerak bo’ladi. 
Auditorlik xulosasi turini aniqlash uchun ma’lumotlar
. Ish hujjatlari – 
muhim axborot manbalari bo’lib, auditorlik xulosasining muayyan sharoitga mos 
turi haqida oqilona qaror qabul qilishga yordam berishi mumkin. Hujjatlarda 
mavjud dalillar audit sohasining muvofiqligini va moliyaviy hisobot taqdim 
etishning ob’ektivlik darajasini aniqlash uchun foydali. 
Supervayzerlar va hamkorlar tomonidan tekshirish uchun asos
. Agar 
supervayzerda auditor aynan shunday auditorlik xulosasi tuzish uchun rostdan ham 
etarli dalillar to’plaganini baholashga qiziqish paydo bo’lsa, u birinchi navbatda ish 
hujjatlariga murojaat qilishi mumkin bo’ladi. 
Auditorlik xulosasi tuzish bilan bevosita bog’liq maqsadlardan tashqari 
ishchi hujjatlar soliq deklaratsiyalari, qimmatli qog’ozlar birjalari uchun axborotlar 
va boshqa xabarnomalar tayyorlash uchun asos sifatida xizmat qilishi mumkin; 
auditorning fikriga ko’ra, mijoz faoliyatini yaxshilashga yordam berishi mumkin 
bo’lsa yoki bunday xabarnomalar umum qabul qilingan auditorlik standartlari 
bo’yicha talab etilsa, ular kompaniya auditorlik qo’mitasi va kompaniya 
rahbariyatiga turli masalalar bo’yicha rasmiy taqdimnomalar kiritish uchun axborot 
manbai bo’lishi mumkin; ular xodimlarni tayyorlash va kelgusi auditlarni 
rejalashtirish hamda ijrosini muvofiqlashtirishga yordamlashish uchun qo’shimcha 
ma’lumotlar sifatida ham xizmat qiladi. 
Mazmun va tashkil etish
. Har bir auditorlik firmasi ishchi hujjatlarni 
tayyorlash va tashkil etishga o’z yondashuvini ishlab chiqadi. Boshlovchi auditor 
esa o’z auditorlik firmasi tomonidan ishlab chiqilgan yondashuvga amal qilishi 
kerak. Ushbu kitobda biz asosiy e’tiborni barcha ish hujjatlari uchun umumiy 
bo’lgan bosh tamoyillarga qaratamiz. 


205 
15-chizmada mazkur hujjatlarning tipik to’plamining mazmuni va tashkil 
etilishi ko’rsatilgan. U auditorlik tadqiqotiga aloqador deyarli barcha narsani o’z 
ichiga oladi. Audit doirasida tayyorlangan ishchi hujjatlarning turi muayyan 
mantiqqa bog’liq bo’lib, u, shuningdek, ular fayllarga qanday joylashtirilishini ham 
belgilab beradi. Qisqa qilib aytganda, turli kompaniyalar bunday hollarda muayyan 
darajada turlicha yondashuvlardan foydalanishi ham mumkin. Rasmda keltirilgan 
misolda ishchi hujjatlar ro’yxati umumiy axborotdan, masalan, doimiy fayllarga 
joylashtirilgan korporatsiyalar haqida ma’lumotlar bilan boshlanadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin