266
potentsial o’zaro aloqasi va ular jamuljam holda moliyaviy hisobotlarga ta’sir
ko’rsatishi mumkinligi tufayli moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni hosil qilish
mumkin emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa ham, fikr bildirishdan bosh tortishi
lozim.
Auditor kelishuvni qabul qilganidan keyin tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati
tomonidan cheklashlar belgilangani tufayli etarlicha tegishli auditorlik dalillarini
olish mumkin emasligi oqibatlari
Agar auditor kelishuvni qabul qilganidan keyin tadbirkorlik sub’ekti
rahbariyati audit ko’lamiga cheklashlar belgilaganidan xabar topgan bo’lsa va ular
auditor fikriga ko’ra, moliyaviy hisobotlar bo’yicha qo’shimcha izohlar bilan fikr
bildirish yoki fikr bildirishdan bosh tortishni talab qilishi mumkin bo’lsa, auditor
tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatidan cheklashni olib tashlashni so’rashi lozim.
Bordiyu, tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati ko’rsatilgan cheklashni olib
tashlashdan bosh tortgan bo’lsa, auditor, boshqaruv yuklatilgan shaxslarning
barchasi tadbirkorlik sub’ektining rahbariyati bo’lib ham ishlaydigan hollarni
istisno qilganda, bu haqda boshqaruv yuklatilgan shaxslarni 260 sonli AXSga
muvofiq xabardor qilishi
5
va etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish uchun
muqobil tartib-taomillarni bajarish mumkinligi yoki mumkin emasligini hal etishi
lozim.
Agar auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega
bo’lmasa, u buning oqibatlarini quyidagicha aniqlashi mumkin:
Dostları ilə paylaş: