A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Fikr bildiriladigan paragraf



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   189
АУдит дарслик

Fikr bildiriladigan paragraf 
 
Agar auditor auditorlik fikrini modifikatsiyalayotgan bo’lsa, u fikr 
bildiriladigan paragraf uchun (vaziyatga qarab) “Qo’shimcha izohlar bilan fikr”, 
“Salbiy fikr” yoki “Fikr bildirishdan bosh tortish” degan sarlavhalardan 
foydalanishi lozim.
Auditor moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli 
qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirayotgan bo’lsa, fikr bildiriladigan paragrafda u, 
qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish uchun asos ifodalangan bandda tavsiflangan 
jihat (jihatlar) ta’sirini istisno qilganda, o’z fikriga qarab, quyidagilarni qayd qilishi 
lozim: 
(a)
Moliyaviy hisobotlar ularni haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq 
tayyorlangan bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy 
hisobotlarni taqdim etishning qo’llaniladigan asosiga muvofiq haqqoniy taqdim 
etilganini (yoki to’g’ri va haqqoniy tasavvur hosil qilish imkonini berishini); yoki
(b)
Moliyaviy hisobotlar ularni muvofiqlik asosi talablariga ko’ra 
tayyorlantgan bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda
moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosga muvofiq 
tayyorlanganligini.
Agar fikrni modifikatsiyalashga talab etarlicha tegishli auditorlik dalillarini 
olish imkoniyati yo’qligi tufayli yuzaga kelgan bo’lsa, auditor modifikatsiyalangan 
fikrni bildirishi uchun tegishli “...jihat (jihatlar) ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sirni 
istisno qilganda” iborasini qo’llashi lozim.
Tekshiruv oqibatida auditor salbiy fikr bildirayotgan bo’lsa, u fikr 
ifodalanayotgan paragrafda o’z fikriga ko’ra, salbiy fikr bildirish uchun asos 
ifodalangan paragrafda tavsiflangan jihatning ahamiyatliligiga qarab, quyidagilarni 
qayd qilishi lozim: 


270 
(a) 
Moliyaviy hisobotlar ularni haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq 
tayyorlangan bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy 
hisobotlarni taqdim etishning qo’llaniladigan asosiga muvofiq haqqoniy taqdim 
etilmaganini (yoki to’g’ri va haqqoniy tasavvur hosil qilish imkonini bermasligini); 
yoki
(b)
Moliyaviy hisobotlar ularni muvofiqlik asosi talablariga ko’ra 
tayyorlantgan bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, 
moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosga muvofiq 
tayyorlanmaganligini.
Auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi 
tufayli fikr bildirishdan bosh tortayotgan bo’lsa, fikr bildiriladigan paragrafda 
quyidagilarni ko’rsatishi lozim:
(a) 
Fikr bildirishdan bosh tortish uchun asos ifodalanayotgan paragrafda 
tavsiflangan jihat (jihatlar)ning ahamiyatliligi tufayli auditor auditorlik fikrini 
bildirish uchun asosni ta’minlaydigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish 
imkoniyatiga ega bo’lmagan; va, tegishli ravishda,
(b) 
Auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikr bildirmaydi. 
Auditor qo’shimcha izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirganda uning 
javobgarligi tavsifi 
Qo’shimcha izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirayotganda, auditorning 
javobgarligi tavsifiga auditor o’zi olgan auditorlik dalillari modifikatsiyalangan 
auditorlik fikrini bildirishga asosni ta’minlash uchun etarlicha tegishli dalillardir, 
deb hisoblashini ko’rsatadigan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim.
Auditor fikr bildirishdan bosh tortganda uning javobgarligi tavsifi
Agar auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi 
tufayli fikr bildirishdan bosh tortgan bo’lsa, u auditorlik hisoboti (xulosasi)ning 
kirish paragrafiga moliyaviy hisobotlar auditini o’tkazish uchun yollanganini 
ko’rsatuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim. Shuningdek, auditor 


271 
auditorning javobgarligi tavsifiga va auditning ko’lami tavsifiga faqat 
quyidagilarni ko’rsatuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim: 
“Bizning javobgarligimiz moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni biz 
Auditning Xalqaro Standartlariga muvofiq o’tkazgan audit asosida bildirishdan 
iborat. Biroq, fikr bildirishdan bosh tortish uchun asos ifodalanayotgan paragrafda 
tavsiflangan jihat (jihatlar)ga ko’ra, biz auditorlik fikrini bildirish uchun asosni 
ta’minlovchi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega 
bo’lganimiz yo’q”.
Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi)ga 
misollar 
1-misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi 
tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).
2-misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi 
tufayli salbiy fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).
3-misol: Auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga 
ega emasligi tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti 
(xulosasi). 
4-misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning bir elementi xususida etarlicha 
tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr 
bildirishdan bosh tortish ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi). 
5-misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning ko’p sonli elementlari xususida 
etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr 
bildirishdan bosh tortish ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi). 
Masalan,
MUSTAQIL AUDITOR HISOBOTI (XULOSASI) 
[Tegishli adresat] 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin